5-6 Mavzu: Geografiyani o‘qitish jarayonida didak­tik o‘yinli darslardan foydala­nish yo‘llari Reja



Download 57,5 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2021
Hajmi57,5 Kb.
#68947
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu Geografiyani o‘qitish jarayonida didak¬tik o‘yinli darslardan foydala¬nish yo‘llari


5-6 Mavzu: Geografiyani o‘qitish jarayonida didak­tik o‘yinli darslardan foydala­nish yo‘llari

Reja:

1.Geografiya darslarida o‘quvchilarning bilish va o‘yin faoliyatini uyg‘unlashtirish. O‘yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari.

2.Didaktik o‘yinlarning mazmuni va mohiyati.

3.Didaktik o‘yinli darslarga qo‘yiladigan talablar.

4.Geografiyani o‘qitishda foydalaniladigan, didaktik o‘yinli darslarning turlari.

ASOSIY TUShUNChA VA TAYaNCh ATAMALAR:
Didaktik o‘yinli darslarning turlari, syujetli-rolli, taqdimot, ijodiy, ishbilar­monlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin mashqlar va ularning texnologik xaritasi.
Xozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti, axborot muhitining kengligi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanish sur'ati – ta'lim tizimiga davr talabi nuqtai nazaridan yangicha qarashni, uni jamiyat talablari va shaxs ehtiyojini hisobga olgan holda jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta'lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishni taqazo etmoqda.

Respublika uzluksiz ta'lim tizimi uchun dastlabki pog‘ona bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim tizimining tabiiy geografiya ta'limida ushbu muammo dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.

Umumiy o‘rta ta'lim tizimida ta'lim tarbiya jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit talablariga moslasha oladigan, har sohadan xabardor, ma'naviy barkamol shaxsni o‘qitish, tarbiyalash jarayonini tezlashtirish hamda ularning tayyorgarlik sifatini nazorat qilishning ishonchli, bir maromga keltirilgan tizimini ishlab chiqishdan iborat. Uning mahiyati esa, ta'lim-tarbiya jarayonini jadallashtirish, o‘kuvchilarning aqliy-ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, natijalarini ob'ektiv baholay olish, ko‘zlangan natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi.

Texnologiya tushunchasi 60-yillarda Amerikava G‘arbiy ta'limni isloh qilish bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blum, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.

Ta'lim texnologiyasi, pedagogik texnologiyalar nazariyasining umumiy asoslari mohiyatini to‘laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug‘oviy ma'nosini tushunib olish taqazo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» - mahorat, san'at, «logos» - tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatadi.

«Ta'lim texnologiyasi» iborasining ma'nosi (inglizcha «an educational texnology») ta'lim jarayonini yuksak mahorat, san 'at darajasida tashkil etish to‘g‘risida ma'lumot beruvchi fan, ta'limot ma'nosini anglatadi. Ayni vaqtda ta'lim texnologiyasi tushunchasining ta'rifi hamda mohiyati borasida yagona g‘oya, fikr mavjud bo‘lmay, balki, bu nazariya mohiyatini yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar, ya'ni, V.P.Bespalko, I.P.Volkov, V.M.Shepel, V.M.Klarin, G.K.Selevko, YuNeSKO, V.M.Maxanov va boshqa pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta'riflar mavjud.

Pedagogik texnologiya tizimida didaktik o‘yinlar texnologiyasi alohida o‘rin tutadi. Xozirgi vaqtda pedagogika nazariyasi va amaliyotida o‘yinlar va ularning mohiyatini yorituvchi ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. L.S.Vыgotskiy, S.A.Shmakov, A.N.Montev, G.K.Selevko, A.A.Verbitskiy, A.S.Arbenev, P.Ya.Galperin, A.Tyukovlar tomonidan olib borilgan ishlar shular jumlasidandir.

Tabiiy geografiya ta'limi jarayonida didaktik o‘yinlar texnologiyalaridan didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.

Tabiiy geografiya darslarida o‘yinlardan foydalanish borasida ko‘plab olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lib, ular didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati haqida quyidagicha: L.M.Pancheshnikova, S.N.Praslova, G.A.Ponurova, L.V.Belyaeva, G.Ya.Lisenkova, V.V.Pyatunin- muammoli ta'limning bir shakli, darsning bir qismi, fikr o‘stirishning bir shakli deb, V.P.Korneev, ye.G.Kolovskiy, V.M.Lyansevich, L.P.Simenova, A.V.Prokofev - bir butun darsga mo‘ljallangan ta'limning bir shakli, bilimga qiziqishni o‘stirishning bir shakli, V.I.Sereda, M.G.Zaxarov, K.S.Momentova – sinfdan tashqari ish shakli yoki darsning bilim saviyasini kengaytirish sharti, P.Musaev, R.Qurbonniyozov, V.V.Nikolina, G.S.Kulinch, O‘.Safarov,A.Xayitov, O.Mo‘minov – o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash, bilim berish va rivojlantirishga yordam beruvchi o‘qish va o‘qishdan tashqari shakl M.Abdurahmonov, B.Abdurahmonov – geografiya ta'limi samaradorligini oshirish shakli deb fikr bildirganlar . Ular tomonidan didaktik o‘yinlarning geografiya darslarida va darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etish va o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan. Didaktik o‘yinli darslar orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:

Ta'lim-tarbiya berish; Shaxsni rivojlantirish; O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish; Bilimlarni nazorat va tahlil qilish; Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo‘naltirish; O‘quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;



Didaktik o‘yinli darslarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga ko‘ra syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va o‘tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rilishi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik,o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.


Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish