5-6-Laboratoriya mashg’ulot. O’zlashtirishni nazorat qilishda test dasturlardan foydalanish



Download 42 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi42 Kb.
#404056
Bog'liq
5-6-lab

5-6-Laboratoriya mashg’ulot. O’zlashtirishni nazorat qilishda test dasturlardan foydalanish


Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, o’zlashtirishni nazorat qilishda test dasturlardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.

Kutilayotgan natija:

  • O’zlashtirishni nazorat qilishda test dasturlaridan foydalanish bo’yicha ma’lumot oladi.

  • O’zlashtirishni nazorat qilishda test dasturlardan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.

Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.

AMALIY TOPSHIRIQLAR:

  1. Baholashning qanday turlari mavjud?

  2. O’quvchilarning bilimini nazorat qilishda qanday texnologiyalardan foydalanish mumkin?

NAZARIY QISM

Baholashning quyidagi turlari mavjud :



  • Tеkshiruv

  • Savol va javoblar

  • Har xil savollarni tanlash

  • O‘zini – o‘zi baholash

  • Tеngdoshining baholashi

  • Ustozlarning fikrlari

  • Har xil tavsiyalar

  • Rеyting

  • Prеzеntatsiyalar (Taqdimotlar)

  • Intеrvyu

  • Tеstlar

  • Vidеokamеra yoki inson kuzatishi

  • Mikrotopshiriqlar

  • Uchinchi kishining baholashi (masalan, ish bеruvchi)

  • Loyihalar orqali baholash.

Test vazifalari.

Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo‘lib, standart savollar beriladi.

Test tizimi o‘quvchilarni baholashning boshqa ko‘rilgan metodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savollarga javob beramiz.

1. Barcha o‘quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).

2. Ma’lum vaqt ichida ham o‘quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to‘liq mazmunini qamrab olish mumkin.

3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo‘qqa chiqaradi.

4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o‘rtasida sub’ektiv fikrni yo‘qqa chiqaradi.

5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi ustida nazoratni engillashtiradi.

6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.

Eslash va to’ldirish uchun testlar-o’quvchilarga gapdagi yoki bog’lovchi matndagi bo’shliqlarni to’ldirish vazifasini qo’yadi.

Masalan:

1-test.


Qolib ketgan so’zni qo’ying.

Belgili o’zgaruvchanlik-bu….olingan belgilar ketma-ketligi.

A. Qo’shtirnoq.

V. Qavs.


S. Dumaloq qavs.

D. Kvadrat qavs.

Muqobil testlar –bu o’quvchi ikkita “ha” yoki “yo’q” javoblaridan birini tanlashi kerak bo’lgan vazifalar.

2-test.


1. Bayt 8 birdan iboratmi?

A. Ha


V. Yo’q

2. 1 bod=1 bit/1 sek ga tengmi?

A. Ha

V. Yo’q


C. Yo’q

Ko’p tanlov testlar –vazifa va javoblarto’plamidan(javoblardan biri to’g’ri) iborat.O’quvchi ushbu to’plamdan uning fikricha to’g’ri hisoblangan javobni tanlashi kerak .

Paskal -bu:

A. Programma.

B. Programmalash tili.

C. Yuqori darajali programmalash tili.

D. Ikkilangan kod tili

Informatika kursining dasturiy ta’minotiga nimalar kiradi?

A) Har xil pedagogic dasturlar.

B) Asosiy dasturlar ta’minlanishi.

C) Dasturlar tizimi.

D) Yuqoridagilarning barchasi

Kesishuvchi tanlov testlar-bir qancha vazifalardan iborat bo’lib, bu vazifalar bajarilgandan so’ng o’quvchi olgan natijalar va taxmin qilgan natijalr o’rtasidagi farqni tekshiradi.

Har bir son uchun Beysik tilidagi yozuvni toping.

a) 7 1) 3E -10

b) 6,0 2) 1

v) 7,345678 3) 4.Ye 27

g) 0,00012 4) 87 8787.8

d) 0,00000000003 5) 6.0

ye) 4 *1027 6) 999. Ye-11

j) 2,34455628921 7) 12. Ye-5

z) 1,000000001 8) 7

i) 878787,8 9)2.344556

k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678

Shubhasiz, ko’pchilik o’qituvchilar o’quv va tarbiya jarayonlarida texnologiyaning o’rni to’g’risida noto’g’ri tushunchalarga va u to’g’risida qarama-qarshilik tushunchalarga ega. Texnologiyalar shubhasiz keng qamrov va katta tezlik bilan kirib keladi. Bu esa o’z navbatida eski texnologiyalarning (disketalar, videomagnitafonlar, ENT-monitorlar va boshqalar) o’z-o’zidan yo’qolib ketishiga olib keladi. YAngilarining paydo bo’lishi va eskilarining o’z-o’zidan yo’qolib ketishi ta’limda tadqiqotchilar, siyosatchilar va ommaviy axborot vositalardagi xabarlari orqali keng ommaga turli yo’llar bilan yetkaziladi. Bunday yo’llar bilan biz texnologiyalarning bizga nimalarnidir berishi (va’da qilishi) orqali ta’lim qiyofasini (ko’rinishi, shakli, samadorligi va boshqalarni) o’zgartirib yuboradi. Albatta shunga shubha yo’qki, texnologiyalar bizning ishlash, o’ynash, o’zaro hamkorlikda bo’lish usullarini o’zgartirdi. Ammo bunday tashqari texnologiya ta’limni o’zgartiruvchisi (ko’chiruvchisi) ham bo’lishi kerakki, u ko’pchilik uchun tushunarsiz bo’lgan va tortishuvga sabab bo’lgan mazmunni hammaga tushunarli ko’rinishga o’girib berishi kerak .

Nazorat savollari


  1. Baholashning qanday turlari mavjud?

  2. Testning qanday turlari mavjud?

  3. Ko’p tanlovli test turi nima?

Foydalaniladigan adabiyotlar

1. R.R.Boqiyev. “Informatika” fanini kasbiy sohalarga yo`naltirib o`qitish metodikasi. Metodik qo`llanma. T.: TDPU, 2012 y.

2. У.Ю.Юлдашев, Ф.М.Зокирова. Методика преподавания информатики.Т.:“Алоқачи”,2005 г.

3. Ф.М.Закирова, Л.М.Набиулина. Тестовые задания по курсу «Информатика и информационные технологии». Т.: “Алоқачи” 2008 г.



4. И.Г.Захарова. Информационные технологии в образование. Москва, “Академия”, 2003 г.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish