Etikaning asosiy mezoniy tushunchalari, ahloqiy tamoyillar va me’yorlar
Reja:
1.Ahloqshunoslikning umumiy tushunchalari.
2. Ahloqiy tamoyillar.
3. Ahloqiy me’yorlar va ularning amaliy axamiyati
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: muhabbat, ezgulik, yaxshilik, adolat, burch, vijdon, or-nomus, axloqiy ideal, hayotning ma’nosi, baxt, insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoyiliy, ziyolilik, oila, fuqarolik jamiyati, demokratik davlat, axloqiy madaniyat, etiket, kasbiy odob.
Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2012-yil.
2. Sh.M. Mirziyoev “Buyuk kela- jagimizni mard va olijanob xalqi miz bilan birga quramiz” Ijtimoiy adabiyot T.:O’zbekiston 2017 yil
3. Sh.M. Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonlik garovi” Ijtimoiy adabiyot T.: O’zbekiston
2017
4. Sh.M. Mirziyoev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” Ijtimoiy adabiyot T.: O’zbekiston
2017
5. I.A.Karimov. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni Yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi.-“Xalq so’zi” gazetasi, 2010-yil 13-noyabr soni.
6. I. A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”, – T.: “Ma’naviyat”, 2008- yil.
7. Karimov I .A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
8. . I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -T.: “O’zbekiston”, 2000-yil
9 . I.A.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», -T.: “O’zbekiston”, 1997-yil.
10. Karimov I.A. “Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo’lsin”, -T., 1994-yil.
11.I.A.Karimov. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», -T.: “O’zbekiston”, 1997-yil.
12. Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”, -T.: 1992-yil.
13. Sher A. Axloqshunoslik, -T.: 2012-yil.
1. Har bir fan singari etikaning ham tushuncha(kategoriyalar)lari bo’lib, ular kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamoaga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi. Shuningdek, insonlarni to’g’ri yo’lga solishga, tevarak-atrofda yuz berayotgan hodisalarni to’g`ri baholash hamda tegishli xulosalar chiqarishiga imkon beradi.
Axloqshunoslik kategoriyalari orasidan eng ko’p qo’llaniladigani yaxshilik va yomonlik tushunchalaridir.
Yaxshilik deb kishilarning mehnatsevarlik, halollik, mardlik, insoniylik, olijanoblik, odamlarga, xalqqa, jamiyatga nafi, mehr - muhabbati, himmati, muruvvati, og’irini yengil qilish, rahm - shafqati va ularga ziyon - zahmat yetkazmaslik singari ijobiy hatti - harakatlarga aytiladi. Axloqshunoslik yaxshilik tushunchasining konkret tarixiy mazmuniga, insoniyatning olg’a qarab harakat qilishiga, mehnatkashlarni va barcha insonlarni himoya qilishga imkon beradigan va ularning ijodiy kuchlarining bemalol rivojlanishi hamda qo’llanilishiga imkoniyat tug’diradigan jami ijobiy, axloqiy fazilatlarni kiritadi. Yaxshilik deganda, muayyan sinf, ijtimoiy guruh, partiya, davlat, jamoaga, shaxsga, insonga beriladigan axloqiy baho, fazilat ifodalanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |