5 – variant – topshiriq



Download 97,13 Kb.
bet10/14
Sana20.08.2021
Hajmi97,13 Kb.
#151989
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
37078 answer 25falsafa

Xushmuomalalik insonning kishilarga hurmat, samimiy, yoqimli, muloyimlik bilan ifodalanadigan hatti - harakatlari va fazilatlaridir. Xushmuomalalik shirinsuxanlik deb yuritiladi. "Bizda xushmuomalalikdan ham ko’ra qimmatga tushadigan va qadr - qimmati baland boshqa narsa yo’q", — deb yozgan edi ispan yozuvchisi M.S. Servantes (1547-1616). Xushmuomalalik kishining chinakam ma’rifatli va ma’naviyatli ekanligidan dalolat beradi. Xushmuomalalikning aksi qo’pollik, dag’allik, haqoratlash va so’kinishdir. Hayotda kishilarga, do’stlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lish ko’proq muhimdir.

Insonlar hayotida halollik va rostgo’ylik singari axloq mezonlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni inson axloqiy sofligining ko’zgusi deyish mumkin. Chunki ularda kishining axloqiy e’tiqodi ham, maqsadlari ham, hatti - harakatlari ham xuddi oynadagidek aks etib turadi. Halollik kishi hatti -harakatlarining va xulqining to’g’riligi, qat’iyligi, samimiyligi bilan ifodalanadi. Halollik eng oliyjanob fazilat bo’lib, u haqiqat uchun chekinmaslik, unga intilish qanchalik qiyin bo’lmasin, nopok, harom, soxtakorliklardan jirkanishdir, ularga yo’l qo’ymaslikdir. Halollikka eng yaqini fazilat rostgo’ylik bo’lib, uni haqgo’ylik deb ham ataydilar. Insonning rostgo’yligi, haqiqatni sevishi, achchiq bo’lsa ham undan yuz o’girmasligi, yolg’onchilikka yo’l qo’ymasligi uning axloqiy barkamolligining sinov toshi (etaloni)dir. Binobarin, halollik va rostgo’ylik inson va jamiyat uchun g’oyat zaruriy axloqiy fazilatdir. Shu boisdan ham O’zbekistonning mustaqillik va bozor iqtisodiyoti yo’lidan borishida barcha fuqarolar, ayniqsa yoshlar faoliyatida halollik va rostgo’ylikni qaror toptirish katta ahamiyatga ega.

Inson axloqiy qiyofasini ifodalovchi mezonlardan biri kamtarlik bo’lib, u kishining sodda tabiatligida, boshqalardan o’zini ustun qo’ymasligida, kishilarning hayotiy tajribalariga, bilimiga, his - tuyg’ulariga hurmat tarzida namoyon bo’ladigan hatti - harakatlarini ifodalaydi. Kamtar odam hech qachon o’zini biror kishidan, ko’pchilikdan, xalqdan ustun qo’ymaydi. Aksincha, u xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo’lib yashaydi va u kishiga kuch bag’ishlaydi. Shu chun ham "Kamtar kam bo’lmas", "Kamtarga kamol", — deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat bir necha ming yilliklarning sinovidan o’tib kelmoqda. Ammo kamtar bo’laman deb o’z qadr - qimmatini yerga urmaslik, izzat-nafsini poymol qildirmaslik lozim. Hatto ortiqcha kamtarlik pinxona takabburlik (gerdayish) bo’lib chiqishi mumkin. Demak, kamtarlik insonga obro’, kuch - quvvat bahsh etadigan, obro’ - e’tiborini oshiradigan va uni takabburlik, maqtanchoqlik, dimog’dorlik, manmanlik, mensimaslik kabi qusurlardan xalos qiladigan fazilatlardir. Bu ibratli mezon bilan kishining irodaliligi, chidamliligi, sabr - toqatliligi ham hamoxang va yaqindir. Demak, kamtarinlik, irodalilik, chidamlilik inson uchun g’oyat zarur va foydali axloqiy fazilatlardir.

Etikaning mezonlaridan Yana biri sharm - hayo bo’lib, u kishilarning nafsni tiyish, yomonlikni tark etish, behayolardan o’zini olib qochish, ehtiyotkorlik qilish va uyalish, nomus, sharafini saqlash kabilarni anglatadi. Uning aksini oddiy tilda behayolik, uyatsizlik, sharmisorlik deyiladi. Sharmu - hayo har bir inson uchun, millatimiz uchun, ayniqsa yoshlarimizga non bilan suvdek zarur bo’lgan ibratli mezondir. Xalq maqolida aytilganidek, qalbga dog’ tushurib kuydirganidan ko’ra, betning qizargani afzal.

Prezidentimiz I. A. Karimov o’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan sharm - hayo, mehr - oqibatga yuksak baho berib, bunday degan edi: "Avvalombor, biz o’zimizni anglashimiz, o’zbek degan nomni ulug’lashimiz kerak. Yana aytaman, biz Sharqdanmiz, Osiyolikmiz... Bizning xalqimizdagi sharm - hayo, mehr - oqibat Yana qaysi xalqda bor? Bu so’zlarni boshqa tilga tarjima qilib bo’lmaydi". Sharm - hayo, andishalilik bilan bog’liq bo’lib, u kishining oqibatni o’ylab, yuz-xotir qilib qiladigan hatti - harakatlarini ifodalaydi. Lekin andishalilik hamisha ham ma’qul emas. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Biz andisha, O’zbekchilik, musulmonchilik degan tushunchalarni o’ziga niqob qilib olgan ana shu qusurlardan butunlay xoli, butunlay xalos bo’lishimiz kerak. Andisha o’z yo’li bilan, lekin inson, eng avvalo, jur’atli va jasur bo’lishi kerak. Dard yashirilsa, oqibati yomon bo’ladi, madda boylab ketadi. O’z dardimizni o’zimiz oshkor etishimiz, o’z vaqtida chora topishimiz, tuzatishimiz, bu har kunlik oddiy odatimizga aylanishi zarur"15.

Etikaning oddiy mezonlaridan Yana biri himmatlilik bo’lib, uning mazmunida kishilarning saxovati, pokizaligi, muhtojlarga g’amxo’rligi, yordami kabilar yotadi. Odamning odamiyligi uning himmatida, mehr-muhabbati, saxiyligida namoyon bo’ladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Savob va xayriya degan muqaddas tushunchalar juda keng. Bozoru mozorlarni obod qilish, beva-bechoralarga, muhtoj oilalarga yordam ko’rsatish kerak"16.

Etikaning eng muhim mezonlaridan do’stlik bo’lib, kishilarning o’zaro yordamini, hamkorligini, yaqinligi, hatti - harakatlari va fazilatlarini ifodalaydi. Do’stlik kishilar o’rtasidagi qiziqish va manfaatlar, maqsadlar birligiga, o’zaro yaqinlikka moslanadigan munosabatdir. Mustahkam, chinakam, umrboqiy do’stlik hamisha og’ir, mashaqqatli damlarda yuzaga keladi. Haqiqiy do’st sadoqati muhtojlikda, qiyinchilikda, mushkulotda, baxtsizlikda sinaladi. Haqiqiy do’stsiz kishining hayoti to’laqonli va mazmunli bo’la olmaydi. Shu boisdan xalqimiz, "Do’stsiz kishi — qo’lsiz kishi", "Do’stlik baxtiyorlik poydevori", — deydi. Sevikli shoirimiz Erkin Vohidov ham: "Do’st bilan obod uying, gar bo’lsa u vayrona ham, deb bejiz aytmagan. Shuningdek, hayotda chinakam, haqiqiy, vafodor do’stlarni orttirish, asrash, avaylash juda muhim. Do’stlik vafodorlik bilan bog’liq. Vafodorlik do’stlikka sadoqatlilikni, ma’naviy birlikda, hamkorlikda, mehr - oqibatlilikda, jasoratlilikda namoyon bo’ladi. Vafodor insonlar va do’stlar har qanday vaziyatda ham bir - biridan do’stlik rishtalarini uzmaydilar va bir - birlari uchun jon - fido etishdan hech qachon toymaydilar. Insonlar va do’stlik, sadoqat va vafodorlik tuyg’ularini namoyish etib elini, yurtini va o’zlarini ham halokatdan xalos etadilar. SHu boisdan ham tariximizda bo’lgani singari mustaqillik davrida O’zbekiston fuqarolarining do’stligini va vafodorligini qaror toptirish hamda mustahkamlash muhim ahamiyatga egadir.

Oddiy axloq - odobning salbiy mezonlaridan biri ig’vogarlik bo’lib, kishining biror kimsaga nisbatan bo’hton qilishi, unda bo’lmagan qusurlarni, har xil uydirmalar, noma’qul gaplarni tarqatishi, qoralashi, g’irt yolg’on kirdikorlarni o’ylab topib, uning sha’niga fisqu - fasodlarni to’kib chiqarishdir. Ig’vogarlik ko’pincha, sirtdan, orqa va ortdan, g’oyibona va pinhona bo’ladi. G’iybatchilik kishining hasad, ko’rolmaslik, aldash, makkorlik, riyokorlik, g’arazgo’ylik yaramas fe’l - atvorini bildiradi. G’iybatchilikka hasadgo’ylik yaqin bo’lib, u kishining muvaffaqiyatini ko’ra olmaslik, iztirobga tushish, fisqu - fujurlar bilan bog’liq salbiy hatti - harakatlardir. Tuhmatchilik kishini yaxshi bilmay, birovning gapiga laqillab ishonib, unga bo’htonlar, fisqu fasodlar yog’dirishidir.


Download 97,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish