4
|
10.04.2020
|
|
O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi
|
Men 1941-yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas.Negaki ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak. Oyim bir gapni ko‘p aytardi: «Sen tug‘ilganingda qiyomat qoyim bo‘lgan edi. O‘ris xotinlar urush boshlanibdi,deb yig‘lagan, men – ammamning buzog‘i hayron bo‘lgandim. Urush allaqayoqda bo‘layotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi».
«Ikki eshik orasi» romanida Qora amma ham urush haqidagi xabarni shunday qabul qiladi. O‘g‘li Kimsan front ga ketmoqchi bo‘lganidan keyingina vahimaga tushib qoladi. Ba’zi do‘stlarim roman qo‘lyozmasining muhokamasida «urush boshlangani haqidagi xabarni bu qadar soddalashtirib tasvirlamaslik kerak edi», degan mulohazani aytdi. Biroq men uchun bu hodisa kinolarda tasvirlanganidan ko‘ra, onam aytib bergan hikoyada hayotga yaqinroq ko‘rindi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |