5- sinf adabiyotidan test
1. " Odamlar nima derkan? " " Shamol esa etadi " asarlarining janri va muallifini toping?
A) Said Ahmad qissa. B) Turob Tõla hikoya. C) Õtkir Hoshimov hikoya. D) Hamid Olimjon drama
2. Hadis yiğish qachondan boshlangan?
A) imom Buxoriy davridan. B) XVIII asrdan. C) dunyo yaratilganidan. D) payğambarimiz davridan
3. Bosar Dumbadze tashabbusi bilan qanday boğ barpo etilgan?
A) Quyoshjon. B) Posteydon. C) Mziuri. D) A va B
4. " Zulmat ichra nur" asaridagi sharobxõr obraz kim?
A) Muhammadali. B) Ğiyosiddin. C) Abulqosim. D) Shohrux Mirzo
5. "Yer" she'rining muallifi kim?
A) A. Obidjon. B) A. Oripov. C) H. Olimjon. D) E. Vohidov
6. Sa'diy Sheroziy nimani " chashmayi ravon" deydi?
A) sayohat. B) ilm. C) hunar. D) maktab
7. ......muhaddis edi, goho tijorat bilan shuğullanardi. Lekin juda halol, xudojõy odam edi. Bu shaxs kim?
A) Imom Buxoriy. B) Sa'diy Sheroziy. C) Termiziy. D) Ismoil Buxoriy
8. " Õch " , " Surat " asarlarining muallifi kim?
A) Õ. Hoshimov. B) A. Obidjon. C) E. Vohidov. D) Mirtemir
9. Navoiy nechta she'riy devon tuzadi?
A) 7 ta. B) 12 ta. C) 8 ta. D) 5 ta
10. "Yozuvchi bu ezgu qõshiqni ilohiy kuchga ega bõlgan, kõngilni eritadigan ohang sifatida ta'riflaydi". Mazkur ta'rif qaysi asar haqida?
A) "Shudring". B) "Nido". C) "Alla". D) "Iltijo"
11. Dunyodan boshoq terib, ma'rifat xirmonini yiğgan ijodkor kim?
A) Navoiy. B) Muqimiy. C) Bobur. D) Sa'diy
12 "Qilmish- qidirirmish" Ezopning qaysi masali uchun xos?
A) "Bõri va laylak". B) "Eshak bilan baqalar". C) "Kiyik bilan tokzor". D) "Ustiga tuz ortilgan eshak"
13. Qaysi she'rda xalqimiz ruhiyatidagi ajoyib yangilanishni birgina kun- erta tongdan quyosh botguncha qadar kuzatiladigan lavhalarda nihoyatda jonli aks ettiradi?
A) "Hayotning har lahzasi gõzal". B) "Shudring". C) "Tinch kunlar". D) "Vatan"
14. "Mening yulduzim" asarining muallifi kim?
A) A. Obidjon. B) E. Vohidov. C) A. Oripov. D) Mirtemir
15. "Dunyoni tanimay, dunyo kishisi bõlmaysan" Qaysi asardan olingan?
A) "Sayohatnoma". B) "Bõston". C) "Uch oğa-ini botirlar". D) "Zulmat ichra nur"
16. " Quyma, mağzi tõq satrlar, bir õqishdayoq xotirada õrnashib qoladigan qofiyalar, hamohang tovushlar". Mazkur jumlalar qaysi asar haqida?
A) "Hayotning har lahzasi gõzal". B) "Baliq ovi". C) "Shudring". D) "Tinch kunlar"
17. "Ilohiy komediya" asarining muallifi kim?
A) A. Oripov. B) Dante. C) Shekspir. D) Balzak
18. " Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta kõrsaradigan marhamati, ehtimol, shudir...." . Mazkur parcha qaysi asardan olingan?
A) Alla. B) Iltijo. C) Qarz. D) Oq marmar, qora marmar
19. " Sayohatnoma" asarida odamlari yengilnamo deb qaysi joy aytiladi?
A) Yayfan. B) Yakkatut. C) Qudash. D) Nursux
20. " Maktab" she'ri kimning qalamiga mansub?
A) A. Avloniy. B) Sa'diy Sheroziy. C) Muqimiy. D) Fitrat
21. A. Obidjonning pyesalari berilgan qatorni toping?
A) " Pahlavonning õğirlanishi", "Tõtiqul", "Momo yer"
B) "Amazon", "Ajinasi bor yõllar"
C) "Navrõz va Boychechak", "Topsang - hay-hay"
D) "Meshpolvon", "Momo yer"
22. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqqan obrazlar qaysi asarda uchraydi?
A) "Oygul bilan Baxtiyor". B) "Uch oğa-ini botirlar". C) "Susambil". D) "Botir tikuvchi"
23. Mirkarim Osimning dastlabki qissasi qaysi?
A) "Yangi ariq". B) "Tanburim ovozi". C) "Astrobod"
24. Manas qirğiz xalq eposi kim tarjima qilgan?
A) Oybek. B) Mirkarim Osim. C) Mirtemir. D) H. Olimjon
25. Ov va jang manzaralari tasvirlangan asar qaysi?
A) "Boburnoma". B) "Mantiq ut-tayr". C) "Mahmud Tarobiy". D) "Sohibqiron"