5- mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


Xulqni shakllantirish va faoliyatni tashkil etish metodlari



Download 56,62 Kb.
bet4/8
Sana03.12.2022
Hajmi56,62 Kb.
#878413
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu

Xulqni shakllantirish va faoliyatni tashkil etish metodlari.

Xulqdagi ijobiy tajribaga tarbiyalanuvchilar faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganda erishiladi. Tarbiyaning faoliyatda mavjudligi qonuniyati asosida tashkillashga bo‘lgan talablar shakllanadi. A.N.Leontevning ta’kidlashicha, faoliyat tarbilanuvchi uchun ahamiyatli, shaxsiy mohiyat kasb etganda tarbiyalanuvchi shaxsini tarbiyalaydi. Bunda tarbiyalanuvchi faoliyatda faol ishtirok etsa, ularni vazifalari almashib turishi kerak. Tarbiyalanuvchlar faoliyatini boshqarish pedagogik vaziyatarga mos bo‘lishi zarur.
An’anaviy pedagogikada tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil etish tarbiyaning asosiy metodlari hisoblanadi. Ushbu metodlar guruhiga pedagogik talab, mashq, ijtimoiy fikr, tarbiyalovchi vaziyat kiradi.
Pedagogik talab jamiyat va uning a’zolari tomonidan qabul qilingan aniq xulq-atvor normalarini, qoidalarini, qonunlarini, an’analarni bajarishga qo‘yilgan talablar sifatida ifodalanadi. Talab ijtimoiy xulq qoidalari yig‘indisi, real vazifalar, biror xatti-harakat bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar, iltimos, maslahat, ko‘rsatma sifatida ifodalanadi. Shakliga ko‘ra talab bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sirning muhim usullaridan biri bo‘lib, u ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash harakteriga ega bo‘ladi.
Talab o‘quvchilarni xulqi qoidalariga, maktab Nizomiga, ta’lim muas- sasasining kun tartibiga nisbatan qo‘yiladi. Talabda hech qanday majburlash, avtoritarizm bo‘lmasligi kerak. Barcha amal talablarga bo‘ysunadilar, demak, o‘quvchilar ham talablarga amal qilishi zarur. Demak, xulq normalariga maktab- ning ichki tartib-qoidalariga birinchi navbatda o‘qituvchilarni o‘zlari amal qilishlari kerak. Masalan, maktabda chekish mumkin emas, shuning uchun o‘quv- chilar orasida ko‘chada, burchak-burchaklarda bolalarni chekishini kuzatishimiz mumkin, ammo ayrim o‘qituvchilar maktab hududida o‘zlari chekadilar.
Jamoatchilik fikri — bu guruh talablarini ifodalaydi. Ular rivojlangan jamoalarda butun jamoaning xatti-harakatlarini baholashda qo‘llaniladi. Bu barcha guruh a’zolarining hayotga bo‘lgan qarashlarida, qadriyatlarida, me’yorlarida ifodalanadi. Pedagoglar jamoada sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirishga e’tibor berishlari kerak. Bunga sinf hayotiga oid faktlarni muhokama qilish, unda ular faoliyatini baholashda o‘quvchilar ishtirokini stimullashtirish orqali erishiladi. Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar, ayrim shaxslar faoliyatiga bo‘lgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy ong shakli bo‘lib, u yordamida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari, xulq- atvorlari, yurish-turishlari, faoliyatlari, atrofdagilar bilan muomalalari, munosabatlari ijtimoiy axloq me’yorlariga muvofiq baholanadi va tartibga solinadi. Mohiyatiga ko‘ra jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy masalalarni, taniqli shaxslar yoki umuman olganda, jamiyat a’zolaridan ixtiyoriy birining xatti- harakati, xulq- atvori, yurish-turishi, faoliyati, atrofdagilar bilan muomalasi hamda munosabatining ma’qullanishi yoki qoralanishini ifodalaydi. Ana shu jihatiga ko‘ra jamoatchilik fikri tarbiyalovchi harakter kasb etadi.
Mashq — xulq-atvor asosi sifatida harakatlarni ko‘p marotaba takrorlash orqali xulqni shakllanishi bilan harakterlanadi. Keng ma’noda bu tarbiya­lanuvchilar faoliyati va hayotini jamiyat normalariga moslashtirish uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lida muayyan amal, harakatni ko‘p marta takrorlash.
Mashq - muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi. Mashq natijasida muayyan ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati o‘sadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
Tarbiya amaliyotida mashqning quyidagi turlari mavjud:

  1. faoliyatda mashq qilish;

  2. kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar;

  3. maxsus mashqlar.

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, ozaro munosabatlarni yolga qoyish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan.
Kun tartibi mashqlari talim oluvchilarni belgilangan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish, u bilan bogliq ravishda muayyan harakatlarni bajarish, ish va bosh vaqtdan togri foydalanishga orgatish uchun xizmat qiladi.
Maxsus mashqlardan tanlangan soha boyicha nazariy bilim, amaliy hamda xulqiy konikma, malakalarni hosil qilishda foydalaniladi.
Tarbiyaviy vaziyatlar — bu harakatga undov, tanlash holati bo‘lib, tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilishi ham mumkin. Uning vazifasi ongli, faol faoliyat uchun sharoit yaratish hisoblanib, yangi xulq-atvor normalari va qadriyatlar shakllanishi bilan harakterlanadi. Tarbiyalovchi vaziyatlar - tabiiy ravishda sodir bo‘ladigan yoki sun’iy hosil qilinib, shaxsda u yoki bu ma’naviy- axloqiy sifat, xulq- atvor, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga yo‘naltiriladigan holat, sharoit hisoblanadi.

Download 56,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish