5- ma’ruza tasviriy statistika ko’rsatkichlari


-tarh. Statistik taqqoslash turlari



Download 165,5 Kb.
bet5/14
Sana07.01.2022
Hajmi165,5 Kb.
#326864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-Mavzu. TASVIRIY STATISTIKA KO’RSATKICHLARI (Ma'ruza matni)

5.4-tarh. Statistik taqqoslash turlari.

Taqqoslash – turli ko`rsatkichlarni ayirma yoki bo`lish yo`li bilan o`zaro solishtirishdir.

Demak, statistik taqqoslashlar turli miqdorlarni (ko`rsatkichlarni) bir-biri bilan ayirma yoki nisbat shaklida solishtirishni bildiradi, ya`ni:

= K1 - K0 (3.1)

T= K1 / K0 (3.2)

Bu yerda K1 - taqqoslanuvchi ko`rsatkich, K0-taqqoslovchi ko`rsatkich ayirish natijasida olingan yangi ko`rsatkich, T-bo`lish natijasida olingan yangi ko`rsatkich.

Ayirmalar shaklidagi (6.1) taqqoslash natijasi () nomli ko`rsatkich bo`lib, o`rganilayotgan hodisa o`lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutlaq o`lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi. Nisbiy (6.2) taqqoslash natijasi (T) nomsiz (abstrakt mavhum) ko`rsatkich bo`lib, hodisaning sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi. Bunday tartibdagi (3.2) taqqoslash natijalari nisbiy statistik ko`rsatkichlar deb ataladi. Bu holda taqqoslanuvchi (bo`linuvchi) ko`rsatkich (K1) joriy miqdor, taqqoslovchi (bo`luvchi) ko`rsatkich (K0)esa zaminiy miqdor deb nomlanadi.

Nisbiy ko`rsatkichlar har xil shakllarda ifodalanadi, masalan, koeffitsiyentda, foizda, promilleda, proditsimilleda va h.k. u yoki bu shaklni qo`llash zaminiy miqdorni qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog`liq. Jumladan koeffitsiyentda bu miqdor 1 ga, foizga 100 ga, promilleda 1000 ga, prodisimilleda 10 000 ga tenglashtiriladi.

Nisbiy ko`rsatkichlarni turli tartibda taqqoslash yo`li bilan olish mumkin.

Birinchi tartibli taqqoslashlarda bevosita hodisalar, ularning belgi qiymatlari taqqoslangan bo`lsa, ikkinchi tartibli statistik taqqoslashlar birinchi tartibli taqqoslash natijalariga asoslanadi, ya`ni bu holda ular bir-biri bilan solishtiriladi. Ikkinchi tartibli taqqoslashlar natijasida vujudga keladigan nisbiy ko`rsatkichlar ommaviy hodisa rivojlanish jarayonlarining yangi qirralarini ochish, tahlilni chuqurlashtirib voqelikning ich-ichidagi munosabatlarni o`rganish uchun xizmat qiladi. Ikkilamchi tartibli taqqoslashlar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

Ty = yi+1 / yi T = (yi+1 - yi) / (yi - yi-1) (3.3)

Ti = Ti+1 / Ti = (Ti+1 / Ti) / (Ti / Ti-1) (3.4)

Ty/T = [(yi+1 - yi) / (yi - yi-1)] : yi / yi-1 (3.5)

Kc = (Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1) (3.6)

Kf = (Ei / Ri) / (Ei-1 / Ri-1) (3.7)

Ke = [(Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1)]: (Ei - Ri-1) (3.8)
Bu yerda yi - joriy davr ko`rsatkichi.

Yi-1 - oldingi davr ko`rsatkichi.

yi+1 - keyingi davr ko`rsatkichi.

Ei va Ei-1 - joriy va o`tgan davrda olingan iqtisodiy effekt (samara, natija).

Ri va Ri-1 - tegishli davrlarda ishlatilgan resurslar.

 - orttirma (o`zgarish) alomati.

(6.3), (6.4) va (6.5) shakllaridagi taqqoslashlar natijasida rivojlanish tezligining jadallashish suratlari deb ataluvchi nisbiy ko`rsatkichlar olinadi.

(6.6), (6.7) va (6.8) ko`rinishidagi taqqoslashlar o`rganilayotgan hodisalar o`rtasida sabab-oqibat bog`lanishlar mavjudligini tahlil qilishda qo`llanadi. Jumladan, bozor taraqqiyotini iqtisodiy tahlil qilishda ishlatiladigan chegaraviy moyillik ko`rsatkichlari (3.6) tipidagi taqqoslashga asoslanadi. Masalan, iste`mol qilish yoki jamg`arish uchun chegaraviy moyillik koeffitsiyentlari quyidagicha hisoblanadi:

Ks = S / GDP = (Ci - Ci-1) / (GDPi - GDPi-1)

Ki = I / GDP = (Ii - Ii-1) / (GDPi - GDPi-1)

Bu yerda Ks va Ki iste`molga va jamg`arishga chegaraviy moyillik ko`rsatkichlari;

Ci va Ci-1 - joriy va o`tgan davrdagi pirovard iste`mol uchun ishlatilgan tovar va xizmatlar hajmi;

Ii va Ii-1 - tegishli davrlarda real aktivlarni jamg`arish uchun investitsiyalar;

GDPi va GDPi-1 - tegishli davrlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulot;

 - o`zgarishni ifodalovchi belgi.

Masalan, 2005 yilda O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti 15,1 trln. so`m, shu jumladan pirovard iste`mol fondi 10,4 trln. so`m va jamg`arma fondi - 4,7 trln. so`mni tashkil etgan, 2000 yilda esa bu ko`rsatkichlar tegishli tartibda 3,2; 2,7 va 0,5 trln. so`m, bundan:

Ks = (10,4 - 2,7) / (15,1 - 3,2) = 7,7/11,9 = 0,647

KI = (4,7 - 0,5) / (15,1 - 3,2) = 4,2/11,9 = 0,353

Ayirma shaklida taqqoslash natijalari solishtrilayotgan ko`rsatkishlar bir-birdan qanchaga ko`p yoki ozligini belgilaydi, halos. Ammo hodisalarning rivojlanish darajasini aniqlamaydi. Bu maqsad uchun nisbiy miqdorlar xizmat qiladi. Nisbiy miqdor deb ikkita mutloq ko`rsatkichlarni bir-biriga bo`lishdan hosil bo`lgan taqqoslash natijasi ataladi. Taqqoslash asosini qanday birlikga tenglashtirilishiga qarab nisbiy miqdorlar turli shakllarda ifodalanadi. Agarda bu asos birga tenglashtirilsa nisbiy ko`rsatkich koeffitsiyenti yoki salmoqda, u uzga tenglashtirib olinsa nisbiy ko`rsatkich foizda (%), mingga tenglashtirilib qaralsa promilleda (‰), mingga tenglashtirilsa proditsimilleda (o‰) ifodalanadi. Bu hollarda nisbiy miqdorning mohiyati o`zgarmidi, ifodalanish shakligina turli ko`rinishni oladi.


Download 165,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish