1,042; 1,04; 1,042; 1,077; 1,07.
Ularning ko`paytmasi 2005-2010 yillarda 132,2%, 2005-2010 yillarda esa 139,5%
Demak, 5 yilda real YIM 30,2% oshgan, 6 yilda esa 39,5% ko`paygan
To`plam tuzilishini ta`riflovchi nisbiy ko`rsatkich dinamikasi (yani vaqtida o`zgarishi) tarkibiy unsurlari (qisimlari) va umumiy hajmining o`zgarishiga bog`liq. Ma`lumki, har bir unsur (qism) hissasi Si=ni/ni (1) bilan aniqlanadi. Ushbu tenglik elementlari dinamikasi - Kni =n1i /n0i ; Kni = n1i / n0i; Ksi =S1i / S0i; bilan ifodalanadi. Tenglikka (1) binoan
S1i / S0i= (n1i / n1i) : (n0i / n0i) = (n1i / n0i) / (n1i / n0i) = Kni / Kni ; (2)
Bundan,
S1i = Kni∙ S0i/ Kni ; (3) yokiS0i = S1i : Kni / Kni = S1i∙ Kni /Kni; (4);
Bu yerda:
n1i - joriy davrda ayrim unsurlar, qismlar hajmi;
n0i -ushbu ko`rsatkich o`tgan davr uchun;
n0i van1i - o`tgan va joriy davrlarda to`plam umumiy hajmi;
S1i va S0i - o`tgan va joriy davrlarda ayrim unsurlar hissasi;
Kni va Kni - joriy davrda o`tgan davrga nisbatan ayrim unsurlar va to`plam umumiy hajmi o`zgarishi koeffitsiyentlari;
KSi –ayrim unsurlar hissasining o`zgarish koeffitsiyentlari;
Misol, 2005-2010 yillar davomida O`zbekiston aholisi 7,45% ko`paygan holda, shahar aholisi 3,6% ga va qishloq aholisi 9,6% ga oshgan. Shahar va qishloq aholisining hissalari (umumiy aholi sonida) qanday o`zgargan? Shahar aholisining hissasi (2) binoan 103,6/107,45=0,964 yoki 96,4%, qishloq aholisining hissasi
109,6/107,45=1,02 yoki 102%. Demak, shahar aholisining hissasi 3,6% kamaygan, qishloq aholisining hissasi esa 2% ga ko`paygan. Agarda 2000 yil shahar aholisi umumiy aholiga nisbatan 37,43% ni tashkil etgan bo`lsa, u holda 2010 yil uning hissasi (3) binoan 103,6 ∙ 37,43/107,5=36,1%. Agarda 2005 yil qishloq aholisi hissasi 62,57% bo`lgan bo`lsa, u holda 2010 yil u (4) binoan teng:
(109,6∙ 62,57) /107,45 =63,9%. Yuqorida bayon etilgan bog`lanishlardan foydalanib to`plam bo`yicha o`rganilayotgan belgining o`rtacha qiymatining o`zgarishini hisoblash mumkin. Misol, fermer xo`jaligida hisobot yil bulturgiga nisbatan umumiy paxta maydoni 15% kamaygan holda yuqori hosilli yer maydoni 20% ga oshgan va umumiy ekin maydonda 70% tashkil etgan. Kam va yuqori hosilli maydonlarda paxta hosildorligi o`zgarmay qolgan bo`lsa, barcha paxta maydonida o`rtacha hosildorlik qanday o`zgargan? Hisobot yilida yuqori hosilli ekin maydon hissasi (2) binoan 4,3% (120 ∙ 100)/115 = 104,3 % oshganda o`tgan yili uning hissasi 67,1 % bo`lsa, (70 / 104,3) yoki = 67,1% kam hosilli maydon hissasi bu yil 30% (100-70) o`tgan yili esa 32,9% (100-67,1) tashkil etgan, demak 8,8% (30/32,9=91,2) kamaygan. Maydon kategoriyalarida hosildorlik o`zgarmaganligi uchun (dinamikasi kh=1,0), o`rtacha hosildorlik dinamikasi: Kx=Kxi Sxi / Kxi = (1∙ 104.3+1∙ 91.2) / 2 = 195.5 / 2 = 97.75% ni tashkil etadi.
Demak, o`rtacha hosildorlik 2,25% kamaygan.
Fazoviy taqqoslash nisbiy ko`rsatkichi kAB=A/B solishtirilayotgan ko`rsatkichlarning o`zgarishi ta`siri ostida o`zgaradi, yani
K1A1B/K0A0B=(A1/A0) / (B1/B0) = (A1/B1) / (A0/B0) (5)
Bu yerda: A1 va A0 - joriy va o`tgan davrda A hudud (mamlakat, millat, obyekt) ko`rsatkichlari (bo`linuvchi miqdor);
B1 va B0 - shu davrlarda B hudud ko`rsatkichlari (bo`linuvchi miqdor).
Misol: 2010 yilda 2009 yilga nisbatan Jizzax viloyatida yalpi ichki mahsulot 7%, aholi soni esa 1,2% ko`paygan. Sirdaryo viloyatida YIM 11,4% oshgani holda aholi soni 0,5% ko`paygan. Jizzax viloyatida Sirdaryoga nisbatan jon boshiga YIM ishlab chiqarish qanday o`zgargan?
(107,0 : 101,2) / (111,4 : 100,5) = 105,7 / 110,8 = 0,954 yoki 95,4%
Demak, Jizzax viloyatida jon boshiga YIM ishlab chiqarish Sirdaryoga nisbatan 4,6% kamaygan.
Bir obyektga tegishli turli belgilar nisbatini ta`riflovchi intensivlik nisbiy miqdorlarining dinamikasi ham har bir taqqoslanayotgan belgining o`zgarishiga bog`liqdir. Yuqoridagi misolimizda jon boshiga YIM ishlab chiqarishning viloyatlar bo`yicha taqqoslamasdan, har bir viloyat uchun dinamikasini olib qarasak:
K A/B = (A1 / B1 ) : (A0 / B0 ) = (A1 / A0) : (B1 / B0) = KA / KB (6).
Bu yerda:
A1 va A0 - biror obyektning «A» belgisining joriy va o`tgan davrdagi ko`rsatkichi;
B1 va B0 - ayni obyektning «B» belgisining joriy va o`tgan davrdagi miqdori;
K A/B - A va B belgilarining o`zaro nisbatidan hosil bo`lgan intensivlik nisbiy ko`rsatkichining dinamika ko`rsatkichi (joriy davrda o`tgan o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi);
KA -«A» belgisining dinamika nisbiy miqdori;
KB - «B» belgisining dinamika nisbiy miqdori.
Yuqoridagi misollarimizda Jizzax viloyatida jon boshiga YIM ishlab chiqarish 2010 yilda 2009 yil nisbatan 5,7 % oshgan (107,0/101,2=1,057 yoki 105,7%), Sirdaryo viloyatida esa 10,8% ko`paygan (111,4/100,5=1,108 yoki 110,8%).
O`zaro bog`lanishni ta`riflovchi nisbiy ko`rsatkichlarni dinamikada olib qaralganda ham xuddi shuningdek bog`lanishlar kuzatiladi. Bu holda o`zaro bog`lanish nisbiy ko`rsatkichining dinamikasi va uni hisoblashda asos bo`lgan ko`rsatkichlar dinamikasi aniqlanadi. Masalan, iste`molga (yoki jamg`arishga yoki chet elga mol chiqarishga, chet eldan mol keltirishga va hokazo) o`rtacha moyillik koeffitsiyentining dinamikasi pirovard iste`mol (yoki jamg`arma va hokazo) fondi dinamika nisbiy miqdorini yalpi ichki mahsulot dinamika nisbiy miqdoriga bo`lishga teng, ya`ni
Kist=K1(ist)/K0(ist)=(S1(ist)/YIM1):(S0(ist)/YIM0 )=(S1(ist)/S0(ist)):(YIM1/YIM 0)
Bu yerda:
K1(ist) va K0(ist) - joriy va o`tgan davrlardagi iste`molning o`rtacha moyillik koeffitsiyentlari.
S1(ist) va S0(ist) - joriy va o`tgan davrlardagi pirovard iste`mol fondlari.
YIM1 va YIM 0 - shu davrdagi yalpi ichki mahsulot.
Masalan, 2010 yilda O`zbekistonda pirovard iste`mol xarajatlari (haqiqiy baholarda) 102360,6 mlrd. so`m bo`lib, 2009 yilga nisbatan (8349,7 mlrd. so`m) 22,6% ko`paygan. (10236,6 ∙ 100 : 8349,7= 122,6%), yalpi ichki mahsulot hu davrda 12261,0 mlrd. so`m 15210,4 mlrd so`m (haqiqiy baholarda) ortgan yoki 24,1% oshgan (15210,4∙100:12261,0=124,1%). Bundan iste`molga o`rtacha moyillik koeffitsiyenti 1,2% kamaygan (122,6∙ 100:124,1=98,8%). Haqiqatda ham o`rtacha moyillik koeffitsiyent 2009 yilda 68,1% (8349,7∙100:12261), 2010 yil 67,3% (10236,6∙ 100:15210,4) ya`ni 1,2% kamaygan (67,3∙ 100:68,1=98,8%).
Do'stlaringiz bilan baham: |