5- §. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash. Astronomiyada uzunlik birliklari



Download 259 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi259 Kb.
#497614
Bog'liq
quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash astronomiyada

5- §. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash. Astronomiyada uzunlik birliklari

  • 1. Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlargacha (planetalar, Oy, mayda planetalar va hokazo) masofalar trigonometrik yo'l bilan sutkalik parallaks deyiluvchi metod yordamida topiladi.
  • Biz geometriya kursida borib bo'lmaydigan nuqtalargacha masofani aniqlash bo'yicha qo'llagan metodimizni esga olaylik. 30- rasmda B nuqtadan turib, daryoning narigi qirg'og'ida joylashgan A daraxtgacha masofani topish kerak bo'lsin.
  • 30—rasm. Borib bo’lmaydigan nuqtasigacha masofani aniqlash usuli.
  • Buning uchun daryoning biz turgan tomonida biror C nuqtani olib, BC ning uzunligini katta aniqlik bilan o'lchaymiz. Bu kes-maning uchlaridan A daraxtga qarasak, unga tomon yo'nalishlar-ning (ABva AC) kuzatuvchining B dan Cga siljishiga mos ravishda siljishiga guvoh bo'lamiz. Qaralayotgan obyektga tomon yo'na-lishining kuzatuvchining siljishiga mos ravishda bu xilda siljishi, paralaktik siljish deyiladi. BC masofa esa bazis deyiladi. Bazisning ma'lum uzunligi va uning uchlaridan obyektga tomon yo'nalishlar bilan hosil qilgan fiva Cburchaklanga (bevosita o'lchashlar asosida ular oson topiladi) ko'ra A daraxtgacha masofa aniqlanadi.
  • Endi Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni topish masalasiga kelsak, bunda bazis qilib Yer radiusi olinadi. Osmon jismidan (M), kuzatuvchi (K) dan o'tgan Yer radiusi uchlariga tortilgan to'g'ri chiziqlar orasidagi burchak mazkur osmon jismi-ning (yoritkich)ning sutkalik parallaks burchagi deyiladi (31-rasm).
  • 31—rasm. Yoritkichning sutkalik (p) va sutkalik-gorizantal (p0) parallakslari.
  • Agar yoritkich kuzatuvchiga nisba-tan gorizontda joylashgan (M0 nuqtada) bo'lsa, uning parallaksi sutkalik gorizontal parallaks (p0) deyiladi.
  • Biror planetaning sutkalik gorizontal parallaks burchagini topish uchun bir vaqtda, Yerni ma'lum meridianining ikki nuqtasidan (K va C) uni kuzatish kerak bo'ladi. Bunda planeta, uzoqdagi yulduzlarning fonida parallaktik siljigan holda ikki (M1 va M2) nuqtada ko’rinadi. Planetaning parallaktik siljishi asosida po´´ burchak topilib, unga tayangan holda, L—planetagacha masofa, M0OK—to’g’ri burchakli uchburchakdan quyidagicha topiladi.
  • bundan , chunki
  • bu yerda — Yer radiusini ifodalaydi.
  • 2. Ayni paytda Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalar radio-lokatsion metod yordamida ham juda katta aniqlik bilan topiladi.
  •  Bunda Yerdan birorta planetagacha yuborilgan signalning (elektromagnit to'lqin), unga borib qaytib kelishi uchun ketgan vaqt t bo'lsa, u holda uning o'tgan yo'li 2L ekanini hamda radio-to'lqinning tarqalish tezligi yorug'lik tezligi c bilan bir xilligini
  • e'tiborga olib, deb yozish mumkin. Bunda osmon jismi gacha masofa
  • ekanligi ma'lum bo'ladi.
  • Xuddi shu usul bilan Yerdan Quyosh sistemasi jismlarigacha bo'lgan masofalar, jumladan, Quyoshgacha bo'lgan masofa (1 astronomik birlik= 149598500 km) juda katta aniqlik bilan topilgan.
  • Astronomiyada uzunlikni xalqaro sistemada qabul qilingan birlikda (metrlarda) ifodalash bar doim ham qulay bo'lmay, katta qiyinchiliklar bilan kechadi. Shuning uchun ham astronomiyada uzunlik, uning mavjud birliklaridan tashqari yana quyidagi maxsus birliklar bilan ham o'lchanadi:
  • 1. Astrpnomik birlik (a.b.) — Quyoshdan Yergacha bo'lgan o'rtacha masofa =149,6 million kilometrga teng. Bu birlikdan, asosan, Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (planetalar, kometalar, Oy va boshqalar) bo'lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi.
  • 2. Yorug'lik yili (yo.y.) — yorug'likning bir yilda o'tgan yo'li bilan xarakterlanadi. Bunday uzunlikni kilometrlarda ifodalash uchun bir yilda qancha sekund borligi topilib, so'ngra uni yorug'lik tezligiga (3 . 105 km/s) ko'paytiriladi. Ma'lumki, 1 yildagi sekundlarning miqdori 365,2422 . 24 . 3600 s bo'ladi. Bu yerda 365,2422 -bir yildagi kunlarning sonini, 24 — bir kundagi soatlar sonini, 3600 esa har soatdagi sekundlar sonini bildiradi. Bu sonlarni o'zaro ko'paytirib, 1 yorug'lik yili (1 yo.y.) 9,46 . 1012 km ga tengligini aniqlaymiz. Topilgan natijani 149,6 mln km ga bo'lsak, 1 yo.y. ning astronomik birliklardagi qiymatini topamiz. U 63240 a.b. ga teng chiqadi.
  • 3. Parsek (pk) — «parallaks» va «sekund» so'zlaridan olingan bo'lib, yillik parallaksi (VIII, 7- §) 1" ga teng bo'lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi:
  • 1pk = 3,26 yo.y. = 206265 a.b. = 30,86 . 1012 km.
  • Odatda, uzunlikning yorug'lik yili parsek, kiloparsek (1000 pk) va megaparsek (Mpk = 106 pk) birliklari, Quyosh sistemasidan tashqaridagi osmon jismlarigacha (yulduzlar, yulduz to'dalari, tumanliklar va hokazo) masofalarni, shuningdek, tashqi galaktikalar, galaktik to'dalarning o'lchamlarini va ularning orasidagi masofalarni o'lchashda ishlatiladi.

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish