4G texhnologiyasi


VoLTE texnologiyasini targ‘ib qilishda Huawei kompaniyasining hissasi



Download 348,25 Kb.
bet3/6
Sana28.01.2023
Hajmi348,25 Kb.
#904369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qalandarov Javlonbek KT Mustaqil ishi


VoLTE texnologiyasini targ‘ib qilishda Huawei kompaniyasining hissasi

Huawei kompaniyasi 1988-yil Xitoy Xalq Respublikasida tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunga qadar dunyo miqyosida kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yangi yechimlarni tatbiq qilib kelmoqda. O‘zbekistonda Huawei kompaniyasi 1999-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Huawei kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan VoLTE yechimi xalqaro standartlarga asosan ishlab chiqarilgan uskunalardan tashkil topib, nafaqat tayanch tarmog‘i uchun, balki o‘zining ichiga foydalanuvchining radio ulanish qismidan boshlab xizmatlarni taqdim qilish serverlarigacha mujassam etgan. VoLTE texnologiyasi IP-Multimedia Subsystem (IMS) ga asoslangan. IMS yangi avlod tayanch tarmog‘i bo‘lib, turli standartlarni o‘zida mujassamlashtirgan yagona platformadir. IMS nafaqat LTE foydalanuvchilarga, balki turli xil (2G/3G, WiMax, Wifi, CDMA, POTS) ulanish texnologiyalari orqali ulangan foydalanuvchilarga yagona platformaga asoslangan holda xizmatlarni taqdim qilish imkoniga ega. IMS’ning arxitekturasi quyidagi asosiy logik qatlamlardan iborat:

  1. Tarmoqqa ulanish qatlami (Access Layer).

  2. Sessiyalarni boshqarish qatlami (Session Control Layer).

  3. Xizmatlarni taqdim qilish qatlami (Service Layer).

  4. Boshqa tarmoqlar bilan bog‘lanish qatlami (Interconnection Layer).

Tarmoqqa ulanish qatlami — bu IMS tayanch tarmog‘i bilan bog‘lanishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. LTE radio ulanish tarmog‘i paketli uzatish tarmog‘iga ulanadi va ovoz xizmatini taqdim qilish uchun IMS tarmog‘ining «Tarmoqqa ulanish qatlami»ga ulanadi. Huawei VoLTE yechimida «Tarmoqqa ulanish qatlami»ning asosiy uskunasi SBC (Session Border Controller) qatnashadi. Sessiyalarni boshqarish qatlami — o‘z nomi bilan sessiyalarni boshqaruvchi qatlamdir, ya’ni qo‘ng‘iroqlarni ulash, uzish, turli yo‘nalishlarga marshrutizatsiya qilish, sessiyalarga o‘zgartirish kiritish kabi vazifalarni bajaradi. Bu qatlamda Huawei VoLTE yechimida ham o‘zining CSC3300 uskunasini taqdim qiladi. Huawei CSC3300 vazifalarga qarab, turli logik (P-CSCF, S-CSCF, BGCF, E-CSCF) modullardan iborat.
Xizmatlarni taqdim qilish qatlami — bu qatlamninig vazifasi foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim qilishdir. Uning asosiy uskunasi bu Dasturlar Serveridir. Huawei VoLTE yechimida qo‘llaniladigan ATS9900 nomli dasturlar serveri o‘zining ichiga 6 xil dasturlar serverini mujassam qilgan. U nafaqat VoLTE xizmatlarini, balki sim orqali ulanadigan foydalanuvchilarga xizmatlarni taqdim qilish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda ATS9900 150dan ko‘proq servislarni o‘ziga mujassam qilgan. Boshqa tarmoqlar bilan bog‘lanish qatlami — bu qatlamning asosiy vazifasi mavjud tarmoqlar va boshqa operatorlarning tarmoqlari bilan bog‘lanishdir. Boshqa tarmoqlar IMS kabi SIP protokol bilan emas, balki SS7 protokollariga asoslanib, ishlashi mumkin. Shu holatlarda protokollarni bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish, tarmoqlararo kodeklar kelishuvini amalga oshirish vazifalarini aynan shu qatlam bajaradi. Bu qatlamda Huawei VoLTE yechimida MSoftX3000 uskunasi (Mobile SoftSwitch) va UMG8900 (media shlyuz) uskunasi qo‘llaniladi. Yuqorida sanab o‘tilgan uskunalar — bu IMS tarmog‘ining asosiy qatlamlari va uskunalaridir. Huawei VoLTE yoki IMS yechimlarining to‘liq portfoliosiga ko‘plab qo‘shimcha uskunalar kiradi.

Download 348,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish