Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to`planadi.
Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig`imidir.
Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig`imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo`lgani uchun amalda uning ulushlari bo`lgan mikrofarad (μF) va pikofarad (pF) ko`proq qo`llaniladi.
Bunda:
1 F = 106 μF; 1 μF= 10-6 F;
1 F = 1012 pF. 1 pF = 10-12 F
Yassi kondensator qoplamasining yuzasi qancha katta bo`lsa, unda shuncha ko`p zaryadlarni to`plash imkoniyati bo`ladi. Qoplamalari orasidagi masofa d qancha kichik bo`lsa, kondensatorda shuncha ko`p zaryadlarni to`plash mumkin. Bu demakki, yassi kondensatorning sig`imi qoplamalari yuzasiga to`g`ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya’ni:
bunda: ε0=8,85•10-12 C2/Nm2 elektr doimiysi, ε -qoplamalar orasidagi moddaning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun ε=1, slyuda uchun ε = 6, shisha uchun ε =7.
Do'stlaringiz bilan baham: |