boshqa belgilarini ham tekshiring.
Agar liqildoq,
ICHIGA KIR-
GAN bo’lsa, bola
SUVSIZLANGAN
bo’lishi mumkin
Agar u SHISHIB,
yuqoriga chiqib
turgan bo’lsa,
bolada MENINGIT
bo’lishi mumkin
Bolaning harakatlari va yuz ifodasini kuzating
Tananing tortilib, qotib qolishi va
g‘aroyib harakatlar qilishi qoqshol, menin-
git yoki tug‘ilganda miyaning shikastlanishi
yoki isitmaga aloqador bo‘lishi mumkin.
Agar bola qo‘lga olinganida yoki o‘rnidan
siljitilganda yuz va tana muskullari birdan
tortilsa, bu qoqshol bo‘lishi mumkin. Bola
jag‘ining ochilishi va tizza refl ekslarini tek-
shiring (349-bet).
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
499
Bola birdan yoki keskin harakat qilganida ko‘zlari orqaga ketib qol-
sa yoki titrasa bu qoqshol bo’lmasa kerak. Bunday holatlar meningitdan
bo‘lishi mumkin, lekin bular ko‘pincha suvsizlanish va yuqori haroratdan
kelib chiqadi. Bolaning boshini ikki tizzasi orasiga egib qo‘ya olasizmi?
Agar bola egilolmay, qotib qolgandek tuyulsa yoki og‘riqdan yig‘lasa, bu
meningit bo‘lishi mumkin (351, 550-bet). Qondagi bakterial infeksiya bel-
gilari bor yo‘qligini tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |