Bachadon bo‘yinida boshlanayotgan rakni
aniqlovchi alohida tekshiruvlar bor:
1. Bachadon bo‘yinchasidan maxsus surtma (mazok) olish mum-
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
507
kin. Yoshi 20 dan ortgan barcha ayollar, ushbu tekshiruvdan har yili o‘tib
turishlari kerak. Agar sizning hayzingiz bir necha yilga to‘xtab, so‘ng yana
boshlansa, siz shifokorga uchrashishingiz shart.
2. Agar maxsus tekshiruvlar o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, buning
boshqa yo‘li bor. Agar doktor bachadon bo‘yinini 5%li sirka eritmasi bilan
artsa, normal bo‘lmagan joylar oq bo‘lib qoladi. Shu joylarni tekshirish
mumkin, kerak bo‘lsa davo qilinadi.
Xalqtabobati yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun, doimo
shifokor nazoratida bo‘lish kerak.
Esda tuting! Bu tekshiruv sizning hayotingizni saqlab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |