dan voz kechib turganingiz ma’qul.
♦ Agar iloji bo’lsa dori ichmang. Ba’zi dorilar rivojlanayotgan bolaga
yomon ta’sir qilishi mumkin. Siz faqat shifokor aytgan dorilardan iching.
(Agar tibbiyot xodimi sizga dori yozib bermoqchi bo‘lsa, siz homilador
bo‘lsangiz, bu haqida unga ayting.) Agar sizga zarur bo‘lsa, vaqti vaqti
bilan Atsetaminofen yoki antatsidlar ichishingiz mumkin. Vitamin va temir
moddali tabletkalar to’g’ri miqdorda beriladigan bo’lsa, ular ko’pin-
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
459
cha foyda qiladi va sizga zarar yetkazmaydi.
♦ Homiladorlik davrida chekmang va ichmang. Onaga bu yomon ta’sir
qiladi va rivojlanayotgan bolaga zarar yetkazishi mumkin.
♦ Qizamig‘i bor bolalardan, ayniqsa, Qizilcha (560-bet, Qizilcha)dan ehti-
yot bo‘ling.
♦ Ishlashni davom ettiring va badan tarbiya qilishni odat qiling, lekin
juda charchab qolishdan ehtiyot bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |