1.TUG‘RUQNING TO‘XTASHI YOKI SUSAYISHI yoki kuchay-
gandan, suv ketgandan keyin ham uzoq davom etishi. Buning bir nechta
sababi bo‘lishi mumkin:
• Ayol qo’rqayotgan yoki hayajonlangan bo’lishi mumkin.
Bunda to‘lg‘oqlarning pasayishi va hatto to‘xtashi ham hech gap emas.
U bilan gaplashing. O‘ziga kelishiga yordam bering. Ayolga dalda bering.
Tug‘ruq sekinlashganini, lekin hech qanday xavf yo‘qligini tushuntiring. U
tana holatini tez-tez o‘zgartirishi, yeb-ichib turishi, vaqtida siyishi kerak-
ligini tushuntiring. Ko‘krak uchlarini qo‘zg‘atish (uqalash va sut chiqishi)
tug‘ruqni tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |