44-mantiqiy savol



Download 63,5 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2021
Hajmi63,5 Kb.
#70086
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yakuniy fuqarolik


44-mantiqiy savol:

Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislikka yo'l qo'yiladi. Lekin bu vorislik bir tomonlama tusga ega bo'lib, faqat shartnomadagi bitta tarafga nisbatan qo'llaniladi.

Muhokama qiling.

Yuqoridagi savolga javob berishdan oldin topshiriq shartnomasining o’zi nima ekanligiga oydinlik kiritib olsak, topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi) ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo'yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. FK ning 817-modda 1-qismidagi topshiriq shartnomasining (topshiriq - ingl. commission contract; nem. Auftrag m., Order f.) mazmuni O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (MDHga a'zo davlatlar fuqarolik kodekslaridagi bir xil moddalaridagidek) 1804 yildagi Fransiyaning Fuqarolik kodeksidan qabul qilingan(1984-modda). Mazkur shartnoma mazmuni Rim yuristlarining fikriga ko'ra «ex offisio utque amisitia» (jamoa manfaati va majburiyatidan kelib chiqib), shaxsan-vakillik xarakter kasb etadi; uning zaruriy belgisi bo'lib - taraflarning o'zaro ishonchi hisoblanadi. Ushbu holatlar topshiriq shartnomasining qo'llanilishi, bajarilishi va tugatilishiga doir o'ziga xos xususiyatlarni belgilab beradi. Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli bo'ladigan muddatni ko'rsatgan yoki bunday muddatni ko'rsatmagan holda tuzilishi mumkin. Endi savolga to’xtaladigan bo’lsak, topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik FK ning 825-moddasida aniq va hammaga birdek tushunarli holda keltirib o’tilgan. “Vakil vafot etgan taqdirda, uning merosxo'rlari yoki meros mulkning saqlanishini ta'minlash majburiyati yuklatilgan boshqa shaxslar topshiriq shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralarni ko'rishlari, xususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek hujjatlarini saqlab qo'yishlari, so'ngra esa unga topshirishlari shart. Vakil (ishonchli vakil) bo'lgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida ham shunday majburiyat bo'ladi.

Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol xabardor qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi o'ttiz kunlik muddatda topshiriq shartnomasidan bosh tortishini ma'lum qilmasa, uning qonuniy vorisiga o'tadi”1. Yuqoridafi ta’rifdan kelib chiqib shuni aytishimiz kerakki, vakil vafot etgan taqdirda yoki vakil hisoblangan yuridik shaxs tugutilganda mazkur modda uchinchi shaxslarga belilangan majburiyatlar yuklaydi. Ushbu xolatlarda vafot etgan shaxsning vorislari yoki yuridik shaxsni tugatgan likvidator (yuridik shaxs muassislari) topshiriq beruvchining manfaatlarini ta'minlovchi choralar ko'rishga majbur. Vafot etgan shaxsning vorislari topshiriq beruvchiga tegishli bo'lgan buyumlarni, hujjatlarni saqlashga hamda ushbu mulklarni topshirishga majbur degan oldin mavjud bo'lgan qoidani to'ldiradi. Xuddi shu qoidaning yuridik shaxsning likvidatori uchun ham qo'llanishi yangi hisoblanadi. Vakilning huquq va majburiyatlari shaxsiy xarakterda, ya'ni uning shaxsi bilan bog'liq bo'lganligi sababli, uning barcha huquq va majburiyatlari vorislariga o'tmaydi. Faqat xizmat haqi va qilingan xarajatlarni olishga bo'lgan huquqlarigina vorislariga o'tishi mumkin.


Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish