455
Onalar va Doyalar
uchun Ma’lumotlar
19
BOB
HAYZ DAVRI (AYOLLARNING OY SARI QON KO‘RISHI)
Ko‘p qizlar birinchi „hayzi”ni 11-16 yoshida ko‘radi. Bu ularning
homilador bo‘lishga tayyorligini bildiradi.
Hayzning sikli taxminan 28 kun bo‘lib, u 3-6 kun davom etadi. Le-
kin turli ayollarda hayz turlicha kechadi.
Tartibsiz, og‘riqli hayzlar ko‘p qizlarda uchraydi. Bu odatda hech
qanday xastalikdan dalolat bermaydi.
Agar sizning hayzingiz og‘riqli kechsa:
Ko‘rpa-to‘shak qilishning
keragi yo‘q. Tinch yotish
aksincha og‘riqni zo‘raytiri-
shi mumkin
Ko‘pincha sayr qilish va
yengil ishlar bilan band
bo‘lish yoki mashqlar
yordam beradi
yoki belingizga issiq
ro‘mol bog‘lang yoki
issiq suvli butilkani
quvug‘ingizga qo‘ying