407-guruh talabasi Meliyeva Nasiba Mavzu: Adabiy tur va janrlar. Zamonaviy o’zbek adabiyoti misolida



Download 22,31 Kb.
bet4/5
Sana03.07.2021
Hajmi22,31 Kb.
#107763
1   2   3   4   5
Bog'liq
22-mavzu. Nasiba

Komediya janrini izohlang.

KOMEDIYA (yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Boʻlarni qalamga olish orqali Komediya yara-tiladi.

K. Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy Komediyalar yaratgan Aristofan (mil. av. 5—4-a. lar) Komediyaning «otasi» hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. av. 3—2-a. lar) Plavt va Terensiy atokli Komediya chilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropaadabiyotida V. Shekspir va B. Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K. lari katta oʻrin tutadi. 17—18-a. larda Komediyada realistik mayllarning kuchayishida J. B. Molyer va P. Bomarshe (Fransiya), K. Goldoni (Italiya), G. Lessing (Germaniya), R. Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-a. lardagi rivoji B. Shou, B. Brext, Sh. OʻKeysi, B. Nushich, J. Anut, N. Gogol va b. ijodi bilan bogʻliq.

Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi Komediyalar 20-a. da paydo boʻldi. Bu janrtaraqqiyotiga – Hamza («Maysaraning ishi»), Abdulla Qahhor («Tobutdan tovush»), Sayd Ahmad(«Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Erkin Voqidov («Oltin devor»), Hamid Gʻulom («Toshbolta oshiq»), Bahrom Rahmonov («Surmaxon»), Sharof Boshbekov («Temir xotin») va b. munosib hissa qoʻshdilar.

Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning «Xatolar komediyasi»), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, «Maysaraning ishi»), kishilar xarakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, «Tartyuf»; A. Qaxlor, «Ayajonlarim»; E. Vohidov, «Oltin devor») K. lar mavjud. Shuningdek, Komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N. Gogol, «Revizor», A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), yumoristik Komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan Komediya — Gossi, «Malikai Turandot», Sayd Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni», Hamid Gʻulom, «Toshbolta oshiq») va tragikomediya (tragik va komikholatlar mujassamlashgan — R. Muhammadjonov, «Suyunchi» filmi) turlariga boʻlinadi. 20-a. da Komediyaning tragikomediya (L. Pirandello, J. Anuy), tragifars (E. Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.




  1. Download 22,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish