402 guruh talabalasi Sotiboldiyev Ixtiyorjonning



Download 279,3 Kb.
bet2/5
Sana24.04.2023
Hajmi279,3 Kb.
#931307
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxs va jamiyat. Ijtimoiylashuv

Kutilayotgan natijalar:

  • o’rganilayotgangan mavzu bo’yicha bilimlarni mustaxkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy taxlilda bilim va ko’nikmalarini qayta topshirish;

  • ularni kelib chiqish sabablarini o’rganish orqali tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantiradiish;

  • mantiqiy fikrlarni rivojlantirish;

  • falsafiy nazariyalardan muammo bo’yicha aniq qarorlar qabul qilishni va echimlarini to’g’ri tahlil qilishni o’rganish;

  • o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.

Keysni muvoffaqiyatli bajarish uchun talaba quyidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim:

  • Shaxs vs jamiyat fani

  • Falsafiy dunyoqarash

  • Axborotlashuv jarayoni haqida ilk fikrlar

  • Shaxs va Jamiyat haqidagi dastlabki qarashlar


Keysda ishlatilgan ma`lumotlar manbai:

  • Shaxs va Jamiyat kursiga oid kitoblar

Keysning tipologik xususiyatlariga ko’ra xarakteristikasi: Mazkur keys kabinetli keys toifasiga kiradi xolat aniq taxliliy ko’rsatkichlar asosida tuzilgan. Keysning obyekti “Ijtimoiylashuv” hisoblanadi. Keys ma`lumotlar va dalillar asosida ishlab chiqilib u o’rta hajmdagi keys texnologiyasi hisoblanadi.
Keysning rasmiylashtirish usuli: Bosma yoki elektron prezentatsiya.
Didaktik maqsadlariga ko’ra bu keys talabalar bilimini joriy nazoratda belgilangan, savolli keys hisoblanadi. Ushbu keysdan 3 bosqich talabalari uchun Globallashuv asoslari fanida foydalanilishi mumkin.


KEYS
Ijtimoiylashuv”.
Kirish. Shaxsning shakllanishida uni o‘rab turgan muhit va u intiladigan madaniyijtimoiy ideallar hamda bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarining ham ahamiyati kattadir. Bunday hodisani fanda insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializatsiya yo‘li bilan shaxsga o‘tishi, deb atash qabul qilingan. Buni izohlaydigan ko‘pgina qarashlar mavjud.
Ijtimoiylashuv umumiy ma’noda insonning bio va ruhiy
ehtiyojlariga maqsadga muvofiq, oqilona ta’sir o‘tkazishdir. Buning
oqibatida inson shaxsi qaror topishining ikkinchi tomoni – uning
subyektiv «MEN»i ham shakllanadi. Shaxsning «MEN»i ota-onalari,
qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, mahalla-ko‘y va boshqalardan
o‘zlashtiradigan sifatlardir. Bu sifatlar aniq olingan joyi va vaqtiga
ko‘ra ijobiy yoki salbiy shaxsiy xususiyatlarda shakllanishi mumkin.
Ijobiy holatda shaxsda o‘zi to‘g‘risida odillik, epchillik,
qobiliyatlilik, uddaburonlik kabi tasavvurlar tug‘ilsa, salbiy holatda
uning layoqatsizligi, noshudligi, zaifligi kabi xususiyatlari qaror
topishi mumkin. Albatta, bu xususiyatlar inson subyektining o‘z
«MEN»i to‘g‘risidagi fikrlaridir. Ularning voqelikka muvofiq kelishi,
ya’ni, haqiqiymi yoki yo‘qligi masalasini ham nazardan qochirmaslik
lozim.
Subyektiv «MEN» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini
oladi va shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Shu bilan birga,
shaxs «MEN»i doirasida uning ikkinchi jihati – boshqalarning bu
«MEN »ga bo‘lgan munosabatiga javoblari masalasi ham ko‘zga
tashlanadi. «MEN»ning bu jihati o‘zga «MEN» bo‘lib, unda aniq
olingan shaxsning xatti-harakatlari, fikr-o‘yi, siyosiy mavqeyi,
turmush tamoyillari va hokazolar to‘g‘risida jamoatchilik fikrlarini
hisobga olish yoki olmaslik bilan bog‘liq holatlar ifodalanadi.
O‘zga «MEN » quyidagi holatlardan tashkil topadi. Bular –
boshqalarning aynan shu shaxs to‘g‘risidagi qarashlari asosidagi
fikrlar; ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar
tomonidan baholash bilan bog‘liq omillar; boshqalarning qarashlari
va bergan baholariga javoban qoniqish, g‘urur, o‘ziga ishonchining
kuchayishi, o‘zini bekam-u ko‘st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish,
ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. Shaxsning obyektiv «MEN»i
bilan uning to‘g‘risidagi «o‘zga MEN» bir-birini to‘ldirgandagina
insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to‘laroq bo‘ladi.
«MEN » inson shaxsning ichki muayyanligini ifodalaydi va
mohiyatan uning belgilovchisidir. Unda shaxsning o‘z-o‘zini anglashi,
fe’l-atvori va irodasining manbasi jamlangandir. Shaxs «MEN »i
insonning u yoki bu yo‘nalishdagi faoliyati bilan bog‘lanib, o‘zining
turli-tuman qirralarini namoyon qiladi. Ular eng umumiy tarzda
quyidagilardir.
Bu shaxsning obyektiv voqelikka nisbatan turli darajada va shakllarda ifodalanadigan xatti-harakati, his-tuyg‘ulari, fikr-o‘ylari, manfaati, o‘zi a’zo bo‘lgan eng oddiy guruhdan insoniyat va jamiyatgacha bo‘lgan barcha bosqichlardagi o‘rni va hokazolarni bilib olganligidir. Buning natijasida shaxsning turmush faoliyatini oqilona boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘z navbatida, o‘z-o‘zini boshqarish negizida shaxsning o‘zini takomillashtirish, ro‘yobga chiqarish ta’minlanadi.
Bunda shaxs faoliyati, ma’naviy olami tahlil obyekti sifatida
olinsa – bu refleksiyadir (lotincha: orqaga qarash). Unda shaxs
o‘z ma’naviyatining o‘ziga xos jihatlarini bilishi, o‘z harakatlarini
mulohaza qilishga, baholashga intilishini ifodalaydi.
Shaxs o‘zining tabiati, uni o‘rab turgan olamning mohiyati,
mazmuni va holati jihatidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan,
e’tiqodga aylangan, turmush ehtiyojlari bilan uzviy bog‘langan
qarashlarning umumiy ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bular, eng avvalo,
olam haqidagi yaxlit bilimdir. Shaxs bilish jarayonida o‘z faoliyatini
namoyon etib, qarashlarida voqelikni nafaqat qanday bo‘lsa o‘shanday
aks ettiradi, balki uni muayyan tarzda baholaydi. Demak, shaxsning
bilimi uning ma’naviy dunyosini boyitadi, bilim-baho va bilimmunosabat
esa uning ijtimoiy mavqeyi va turmush tamoyillarini
shakllantirishga ko‘mak beradi. Bulardan ko‘rinadiki, shaxs
qarashlari faqatgina bilimlardan iborat bo‘lmay, balki uning voqelikka
munosabatini ifodalaydigan e’tiqodlar tizimi hamdir. Shaxs qarashlari
fanga muvofiq, mantiqan izchil, taraqqiyparvar, aql tarozisidan o‘tgan
(ratsional) yoki fanga zid (irratsional), reaksion bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiylashuv tufayli inson shaxsi o‘z sifatlarini namoyon etib,
turmush sharoitini o‘zi yaratadigan mehnatkash, mol-u mulk egasi,
moddiy va ma’naviy qadriyatlar iste’molchisi, siyosiy-huquqiy
jarayonlar ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolar hamda sotsiumning ilk
barqaror bo‘g‘ini bo‘lgan oila a’zosi vazifalarini ado etishga qodir
bo‘ladi.
Shaxsni ifodalaydigan muhim jihatlardan ayrimlari ma’lum shart-sharoitlar ta’sirida shaxsning o‘ziga, tabiatiga zid sifatlarda yuzaga kelishi mumkin. Natijada shaxsiy yaxlitlikda u o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyon qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning o‘z-o‘zidan
begonalashuvi jarayoni boshlanadi. Huquqshunoslikda mulkning
egasidan boshqa birovga o‘tishi begonalashuv hisoblanadi. Shaxsdagi
begonalashuv esa uning o‘z shaxsiy qadriyatlaridan sharoit va muhit
taqozosi bilan ayrilishini bildiradi.
Shaxsdagi ikkiga bo‘linganlik muayyan sivilizatsiya chegarasida
namoyon bo‘lib, sotsium a’zolarining o‘z faoliyati natijasidan bexabar
bo‘lib, begonalashib qolishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, shaxs
erkinligi holatlariga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Xo‘sh, shaxs erkinligini cheklaydigan begonalashuv nimalardan
iborat? Dastavval, bu hodisa shaxsni ojiz etib qo‘yishida, uning
taqdirini begona kuchlar belgilayotganligida, so‘ngra shaxs hayotining
ma’nosizligi, u yoki bu xatti-harakati doimo nooqilona natijalarga
olib kelishi to‘g‘risidagi tasavvurlarda, yana shaxsni o‘rab turgan
voqelikdagi oqilona aloqalarning barbod bo‘lganligini idrok qilishda
ko‘rinadi. Shaxs «MEN»i o‘zligini yo‘qota boshlaydi.
G‘arbning ko‘pgina mutafakkirlari begonalashuv hodisasini
hozirgi sanoatlashgan sotsiumning o‘tmishdagi an’anaviy jamiyatlarga
qarama-qarshi ekanligidan va buning natijasida individlarning ilgari
amalda bo‘lgan birdamliklarining barham topishi, shaxsiyatparastlik
ko‘lamining oshib ketishi, boshqaruvda to‘rachilikning kengayib
ketishi, texnikaning inson ustidan hukmronlik qilishi va hokazo
jihatlariga e’tiborni qaratadilar.
Kishilarning ongli mavjudotligi va sotsiumda ham ruhiyatning
o‘rni katta ekanligiga asoslanib begonalashuvni oqilona bartaraf
etishning ko‘plab nazariyalari yaratilgan. Afsuski, hozirgacha katta
da’volar bilan maydonga chiqqan ko‘plab ijtimoiy qarashlar o‘ziga
bildirilgan ishonchni oqlamadi.
Xo‘sh, bundan begonalashuv shaxs peshonasiga yozilgan azaliy
holat ekan-da, degan ma’no kelib chiqadimi? Albatta, yo‘q.
Hozirgi vaqtda insoniyat yagona kelajak, yagona taqdir masalalarida,
aytish mumkinki, bir to‘xtamga kelmoqda. Yer yuzidagi
davlatlarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirib jahon yagona hamjamiyati
sari yo‘l tutish doirasida har bir mamlakatda huquqiy davlat qurish
va uni demokratik boshqarish inson shaxsi erkinligini ta’minlashi
mumkin, deyishga asos bor.

Download 279,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish