21-модда. Хўжалик шартномаларини ҳуқуқий экспертизадан ўтказиш
Хўжалик шартномалари уларни имзолашга тайёрлаш жараёнида хўжалик юритувчи субъектларнинг юридик хизмати ёки жалб этилган адвокатлар томонидан қонун ҳужжатларига мувофиқлиги юзасидан текшириб кўрилиши керак. Шартномаларни уларнинг имзоларисиз тузишга йўл қўйилмайди.
Қонун ҳужжатларида белгиланган энг кам иш ҳақи миқдорининг икки юз бараваридан ортиқ суммадаги хўжалик шартномалари хўжалик юритувчи субъектлар юридик хизматининг ёки жалб этилган адвокатларнинг ёзма хулосасидан кейингина тузилади.
Хулосада, қоида тариқасида қуйидагилар кўрсатилади:
хўжалик шартномасида кўрсатилган муносабатлар қайси қонун ҳужжатлари билан тартибга солиниши;
хўжалик шартномаси шартларининг қонун ҳужжатлари талабларига мос келиш-келмаслиги;
тарафларнинг жавобгарлиги меъёри ва низоларни ҳал этиш тартиби қонун ҳужжатлари талабларига мос келиш-келмаслиги.
62. Тадбиркорлик субъектларини ихтиёрий тугатиш тартибини тушунтиринг. 63 Тадбиркорлик субъектларини ихтиёрий тугатишда тугатувчи қандай ваколатларга эга? Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bu haqda davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ–630-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan tartibda xabardor etadi.
Yuridik shaxs davlat soliq xizmati organiga tugatish balansini taqdim etish bilan bir vaqtda hisobotlarni hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Shu bilan birga yuridik shaxsni tugatilishi to‘g‘risida pensiya fondlari hamda sug‘urta jamg‘armalarini ogohlantirib, o‘zlarining hisob raqamlarini yopish choralarini ko‘rishi lozim.
Tugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to‘liq bekor qilinib, uning ishi to‘xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda tugatish komissiyasi tuziladi. Shuningdek, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining asosiy vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda muddatini belgilab oladilar. Tugatish komissiyasi matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga muvofiq bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab “ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas”. Tugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga o‘tadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur komissiya tugatuvchi mustaqil huquq subyekti hisoblanmaydi. U faqat tugatish jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan harakat qiladi.
Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs hisob varaqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz hisobdan foydalanmaslik to‘g‘risida ariza yuboradi. Mana shu arizaga ko‘ra bank tugatilayotgan korxona hisobi bo‘yicha keyinchalik yuborilayogan ijro va boshqa hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Tugatish komissiyasi barcha kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini undirish, shuningdek yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida kreditorlarni yozma xabardor qilish choralarini ko‘rish lozim.
Barcha kreditorlar bilan hisob kitob ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng, tugatishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi.
Tugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini tuzadi. Yuridik shaxsning kreditorlari talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislariga va ishtirokchilariga topshiriladi. Shundan so‘ng yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilib yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati esa tugagan hisoblanadi.
Yuridik shaxsni tugatishning yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Birontasining to‘g‘ri bajarilishiga e`tibor berilmasa, tugatish jarayonining aniq va izchil amalga oshirilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
63. Тугатувчи юридик шахснинг тугатилиши ҳақида оммавий ахборот воситаларида эълон беради. Юридик шахс бўлган тадбиркорлик субъектини ихтиёрий равишда тугатиш тўғрисидаги эълон рўйхатдан ўтказувчи орган томонидан унинг расмий веб-сайтига жойлаштирилади.
Юридик шахснинг тугатилиши ҳақидаги эълонда унинг кредиторлари талабларини билдириш тартиби ва муддатлари кўрсатилади. Бу муддат тугатиш тўғрисидаги эълон чиққан пайтдан эътиборан икки ойдан кам бўлмаслиги керак.
Тугатувчи кредиторларни аниқлаш ва дебиторлик қарзини олиш чораларини кўради, шунингдек кредиторларни юридик шахс тугатилиши ҳақида ёзма равишда хабардор қилади.