40-модда. Юридик шахсларнинг турлари [СПиТ



Download 171,37 Kb.
bet21/50
Sana13.07.2022
Hajmi171,37 Kb.
#790445
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Biznes huquqi

Qo‘shib yuborish – o‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ortiq korxonaning barcha huquqlari va majburiyatlarini unga berish yo‘li bilan yangi korxonani vujudga keltirish. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–406-son Qaroriga asosan “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish natijasida uning huquq va majburiyatlari “Sho‘rtan GXK” sho‘’ba korxonasiga o‘tishi. Ya’ni bunda, o‘z faoliyatini tugatayotgan “A” MCHJ va “B” MCHJlarning huquq va majburiyatlarini qo‘shib yuborilish natijasida tashkil etilayotgan yangi korxona “S” AJning vujudga kelishi.
Qo‘shib olish – bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to‘xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish. Misol uchun, “A” xususiy korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatib, uning huquq va majburiyatlari faoliyat yuritayotgan “B” MCHJga berilishi.
Bo‘lish – yuridik shaxs o‘z faoliyatini to‘xtatib, ikki va undan ortiq yuridik shaxslarga bo‘linadi. Misol uchun, “A” Aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini to‘xtatdi va bu AJdan yangi “B” MCHJ hamda “S” MCHJlar tashkil topdi.
Ajratib chiqarish – korxonalarning huquq va majburiyatlari bir qismini unga berish yo‘li bilan yangi korxonani vujudga keltirish, ya`ni bunda yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajraladi, avvalgi yuridik shaxs ham mavjud bo‘lib qolaveradi. Misol uchun, faoliyat olib borayotgan “A” AJdan yangi “B” MCHJning ajralib chiqishi.
O‘zgartirish – yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yo‘li bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish, ya`ni bunda bir tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs boshqa shakldagi yuridik shaxsga o‘zgaradi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–3366-son Farmoniga asosan O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyalari sifatida qayta tashkil etildi.
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish umumiy qoidalarga asosan ixtiyoriy ravishda – uning ta’sischilarining (qatnashchilarining) yoki ta`sis etilgan hujjatlar bilan vakolatga ega bo‘lgan yuridik shaxs organi, masalan, a’zolarning umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Qayta tashkil qilishning barcha sanab o‘tilgan shakllarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga taqsimlash balansi bilan rasmiylashtiriluvchi bo‘lish va ajratib chiqarish shakli kiradi. Ikkinchi guruhga topshirish hujjati bilan rasmiylashtiriluvchi qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va o‘zgarish shakllarini kiritish mumkin. Yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish jarayonida “taqsimlash balansi” va “topshirish hujjati”ning ahamiyati juda katta, chunki u qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘zidan oldingisiga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida, xususan, berilgan mol-mulkka egalik huquqining tarkibi va hajmiga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Qayta tashkil qilish vaqtida qayta tashkil qilinayotgan korxonada mavjud debitor va kreditorlik qarzlarining butun miqdori (shu jumladan, sotib oluvchi va ta’minotchilarning ish haqi bo‘yicha qarzlari, hisob beruvchi shaxslardan, byudjet va budjetdan tashqari fondlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha) taqsimlash balansi yoki topshirish hujjatiga muvofiq uning huquqiy vorislariga o‘tadi.
Qayta tashkil etish institutini tadbirkorlik faoliyatini yuritish amaliyotida qo‘llash yordamida:

Download 171,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish