33. Тадбиркорлик фаолияти субъектлари устидан давлат назоратининг аҳамияти нимада? Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati deganda, tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi ustidan tekshirish va kuzatish tizimi tushuniladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu jumladan prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
a) nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik, ya’niboshqa shaxslarning xohishi va istaklaridan, ularning subyektiv irodalaridan qat’i nazar, tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan suiste’molliklarsiz tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar o‘tkazishni tartibga soluvchi qonun normalari asosida amalga oshirishlari lozimligi;
b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari uchun huquq va kafolatlarni qonuniy himoya qilish normalarini kuchaytirish darkor. Bu borada xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi lozim”.
v) tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi;
g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik degandanazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi tushuniladi.
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
34. Тадбиркорлик фаолияти субъекти сифатида кимлар тан олинади? Тадбиркорлик фаолияти субъектлари (тадбиркорлик субъектлари) белгиланган тартибда давлат рўйхатидан ўтган ҳамда тадбиркорлик фаолиятини амалга ошираётган юридик ва жисмоний шахслардир.
Давлат органлари (қонун ҳужжатларида назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно), уларнинг мансабдор шахслари, шунингдек тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиши қонун ҳужжатларида ман этилган бошқа шахслар тадбиркорлик фаолияти субъектлари бўлиши мумкин эмас.