3-TOPSHIRIQ.
“Ta’lim metodlari” mavzusida chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi
Suhbat. 2. Tushuntirish. 3. Ma’ruza. 4. Mashq. 5. Illyustratsiya. 6. Demonstratsiya.7. Didaktik o‘yin. 8. Kitob bilan ishlash. 9. Videometod. 10. Hikoya. 11. Amaliy. 12. Laboratoriya.
Javob:
Ma`ruza, tushuntirish, suhbar, demonstrasiya, kitob bilan ishlash, videometod, didaktik o`yin, illustraatsiya, mashq, hikoya, amaliy, labaratoriya.
Topshiriqni bajarishga doir ko‘rsatma:
chalkashtirilgan holda berilgan ta’lim metodlari bilan tanishing;
metodlarni jadvalda ko‘rsatilganidek, mos ustunga yozib chiqing.
4-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering
“Kompetentsiya” va “kompetentlik” tushunchalari.
Kompetentsiya - olingan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasi.
“Kompetentsiya” lotincha so’zdan olingan bo’lib, “o’z kasbiga yaroqli, loyiq” degan ma’noni bildiradi.
O’qituvchi kompetensiyasi – uning bilim, ko’nikma va malakasi, dunyoqarashi va shahsiy sifatlarining namoyon bo’lishidir.
Kompetentlik- olingan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo’llay olish darajasi O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan talim modelining markazida o’quvchi turadi. Har bir qadam, har bir maqsad o’quvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Kommunikattsiya vositalari inqilobi, axborotning toshqindek ortib borishi va dunyodagi o’zgarishlar bizning yashash, tafakkur qilish va muloqot tarzini o’zgartiradi. Demak, zamonaviy ta’lim oldida yoshlarni umuman yangi shart – sharoitlarda yashashga o’rgatish vazifasi turibdi. Etibor bergan bo’lsangiz, ko’pchilik olim va pedagog – novatorlar annaviy o’qitish shakl va usullari hayotni zamonaviy talablariga mos kelmasligini anglab etgan holda XX asrning ikkinchi yarmida muqobil usullarni izlanishni boshlashdi va natijada interfaol o’qitish yondashuvi yuzaga keldi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo’llash talim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Bolalarga talim, bilim, malaka berish bilan birga, o’z kasbiga,o’z ishiga mehrli bo’lishni, ish vaqtida unga butun vujudi bilan berilib ketishini o’rgatishimiz va o’qtirishimiz darkor deb o’ylayman. Bu borada Kompetenttsiyaviy yondashuv ayni muddao bo’lardi. Ta’lim sifatini belgilovchi omillardan biri bu o’qituchining o’z fani bo’yicha kompetentsiyaga ega bo’lishidir. U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo’ladi.
Kompetentsiya – bu nafaqat olingan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasi, balki olingan nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo’llay olish darajasidir.
Kompetentsiya - ma’lum bir faoliyatni muvafaqqiyatli omilkorlik, mohirlik bilan eplay olishlik, qila olishlik qobiliyatlari bo’lib, u egallangan nazariy va amaliy bilimlar, malakalar va ko’nikmalar asosida namoyon bo’ladi.
Kompetentsiya shaxsning murakab ta’limiy strukturasi bo’lib, u o’zida shaxsning sensor, subsensor va ekstrasensor, sensomotor, ideo dinamik (ideomotor, ideosensor, ideoemotiv, ideokognitiv) inttellektual, irodaviy, kreativ, emotsional sifatlarini o’zida jamlaganki, ular faoliyatdan ko’zlangan maqsadga uning o’zgarib boruvchi sharoitida amalga oshuvini ta’minlaydi.
Shunday qilib kompetentsiya shaxsning yuksak sifatiy xislati bo’lib, uning shakllanishi ta’limning hal qiluvchi oqibat, natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |