4.Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi
O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risida‖gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq muddati 9 yil bo`lgan umumiy o`rta ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta‘limni tashkil etish va umumiy o`rta ta‘lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umumiy o`rta ta‘lim to`g`risidagi Nizom‖191 bilan tartibga solinadi. Umumta‘lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o`z ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g`azna hisobvaraqlariga (davlat ta‘lim muassasalari uchun), bank hisobraqamlariga, o`z nomi ko`rsatilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo`ladi. Umumiy o‘rta ta‘limning maqsadi – Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta‘lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish Umumiy o`rta ta‘lim o`quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga va ta‘limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.Davlat umumta‘lim muassasalarida umumiy o`rta ta‘lim olish bepul amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta‘limning maqsadi – Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta‘lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish
Umumiy o`rta ta‘lim o`quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga va ta‘limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida 10069 ta umumiy o`rta ta‘lim muassasalari faoliyat yuritadi. Umumta‘lim maktablariga ajratilgan byudjet mablag`lari davlat byudjetining ta‘lim tizimiga ajratilayotgan jami xarajatlarning qariyb 60 foizini tashkil qiladi
Umumiy o`rta ta‘lim boshlang`ich ta‘lim (I-IV sinflar) hamda umumiy o`rta ta‘lim (I-IX sinflar) bosqichlaridan iborat bo`lib, kunduzgi ta‘lim shaklida amalga oshiriladi. Boshlang`ich ta‘lim o`quvchilarda o`qish, yozish, sanash, o`quv faoliyatining asosiy malaka va ko`nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o`zini o`zi nazorat qilish, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog`lom turmush tarzi asoslarini egallashni ta‘minlashga yo`naltiriladi.
Bugungi kunga kelib ilg`or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar doirasida, shuningdek, 2017- 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2018-2019- o`quv yilidan boshlab majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta‘lim umumta‘lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san‘at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi
Davlat umumta‘lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag`lari; umumta‘lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko`rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |