№
|
O’zbek
|
English
|
Русский
|
Izoh
|
1.
|
Xotira
|
Memory
|
Oбъем памяти
|
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir.
|
2.
|
Mnema
|
Mnema
|
Мнема
|
(yunoncha mnema-xotira) mnema; xotiraning o‘ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig‘ida hosil bo‘lgan muvaqqat asab bog‘lanishlaridir. Shuningdek, bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.
|
3.
|
Paramneziya
|
Paramnesia
|
Парамнезия
|
(yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)-paramneziya; sodir bo‘layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo‘lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolg‘on esdaliklar yoki xotiraning aks etishi (illyuziyasi)
|
4.
|
Proaktiv tormozlanish
|
Proactive braking
|
Упреждающее торможение
|
(lotincha pro olg‘a, activus
faol); avvalgi faoliyatning undan keyingi materiallarni
esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat xotira qonuni. Proaktiv tormozlanishning fiziologik asosi asab jarayonlari, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi induksion (lotincha inductin-keltirib chiqaruvchi) munosabatdir.
|
5.
|
Amneziya
|
Amnesia
|
Амнезия
|
(yunon. a-inkor yuklama, mnema-xotira) amneziya; xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to‘liq yo‘qolishidan iborat ruhiy nuqson. Amneziya (xotira nuqsoni) holatida kishi ba’zan hatto o‘z ismi sharifini unutib qo‘yishi ham mumkin. Amneziya holati turli kasalliklarda (mas. meningit) yoki bosh miya qobig‘ining zararlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
|
6.
|
Mnemonika
|
Mnemonics
|
Мнемотехника
|
esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun’iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi. Mnemonika ko‘proq assosiativ (o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo‘lib, faqat o‘zaro bog‘langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo‘llaniladigan yordamchi usullar yig‘indisi.
|
7.
|
Eydetizm
|
Eyedetizm
|
Эйдетизм
|
(yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok
qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to‘liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan Eyedetizm ruhiy hodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
|
8.
|
Induksiya
|
Induction
|
индукция
|
(lotincha inductio - keltirib chiqarish)- induksiya; juz’iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o‘tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi - oliy
asab faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.
|
9.
|
Retrograd amneziya
|
retrograde amnesia
|
Ретроград амнезия
|
(lotincha retrogradis orqaga ketuvchi, inkor yuklamasi, mnema-xotira) Ilgari yuz bergan voqea va hodisalarni esda saqlashdan, hozir sodir bo‘lgan
voqea va hodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning
tiklanishi esa unitish jarayoniga teskari ravishda ro‘y beradi; keyinchalik unitilgan oldin, oldin unitilganlar keyin esga tushiriladi.
|
10.
|
Qisqa muddatli xotira
|
short term memory
|
Краткосрочная память
|
- bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo‘lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axborotning saqlanishi 30 sekundgacha bo‘lishi mumkin.
|
11.
|
Uzoq muddatli xotira
|
Long-term memory
|
Долгосрочная память
|
- ko‘p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo‘ljallangan xotira turi.
|
12
|
Esda qoldirish tezligi
|
Memory speed
|
Скорость памяти
|
- shaxsning muayyan materialni idrok qilish bilan esda qoldirish o‘rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkahol (individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga, qobiliyatiga va iste’dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning yakkahol, betakror xususiyatlariga bogʻliq.
|
13
|
Mantiqiy esda qoldirish
|
Logical memorization
|
Логическое запоминание
|
- materialning ma’nosiga tushunib, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy bog‘lanishlar hosil qilgan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli hamda mahsuldor turidir.
|
14
|
Ma’nosiga tushunmay esda qoldirish
|
Memorize without understanding the meaning
|
Запоминать, не понимая смысла
|
muayyan materialni uning mazmuniga, mohiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko‘p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko‘pincha bog‘cha
yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
|
15
|
Ixtiyoriy esda qoldirish
|
Optional memorization
|
Дополнительное запоминание
|
idrok materialini maqsadga muvofiq, uning muhimligini anglangan holda,
irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
|
16
|
Ixtiyorsiz esda qoldirish
|
Involuntary memorization
|
Непроизвольное запоминание
|
idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda tushunchalarni oldindan aniq
maqsad qo‘ymagan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobig‘ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro‘y beradi.
|
17
|
Esda qoldirish
|
Remember
|
Помните
|
idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
|
18
|
Eshitish xotirasi
|
Hearing memory
|
Слуховая память
|
tovush qo‘zg‘atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. asosan ko‘zi ojiz kishilarga va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo‘ladi.
|
19
|
Fenomenal
|
Phenomenal
|
Феноменальный
|
(gr. – noyob) xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog‘lanishi munosabatlari
favqulodda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
|
20
|
Musiqa xotirasi
|
Music memory
|
Музыкальная память
|
- avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik
ularni qayta esga tushirishdan iborat xotira turi.
|