Hosilni yig’ishtirish.
Hosilni qisqa 9-12 kundan ko’p bo’lmagan davrda
yig’ishtirib olish afzalligi biologik asoslangan.
Kuzgi bug’doy hosili bir fazali (bevosita kombaynlar bilan) va ikki fazali
(oldin o’rib keyin yig’ib yanchib olish) usullarda yig’ishtiriladi.
Hosilni bir fazali usulda o’rib yig’ib olishda, don to’la pishganda «Sibiryak»,
SK-5 «Niva», SK-6 «Kolos», Don 1500, Yenisey-1700, Djon –Dir, «Keys»
kombaynlari bilan to’g’ridan to’g’ri o’rib yanchib olinadi. Bu usulda past bo’yli
yotib, qolishga chidamli to’la pishib yetilgan bug’doyzorlar hosili yig’ishtiriladi.
O’rim yotib qolgan ekinzorda 10 sm dan ortiq bo’lmagan, uzun bo’yli yotib qolgan
ekinzorda 15-20 sm balandlikda o’tkaziladi. O’simliklar zich, hosildorlik yuqori
maydonlarda o’rish balandligi 25 sm va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |