Urug’larni ekish chuqurligi.
Kuzgi bug’doy nisbatan urug’larni chuqurroq ekishni talab etadi. Urug’lar
chuqur ko’milganda tuplanish tuguni ham chuqur joylashadi va o’simlikning
qishga chidamliligi ortadi.
Unib chiqayotgan maysaga tuproqning qarshiligi uning mexanik tarkibiga
bog’liq bo’ladi. Maysalarning unib chiqishga ayniqsa og’ir loy tuproqlar ko’p
qarshilik qiladi. Shuning uchun og’ir loy tuproqlarda urug’lar 4-5 sm chuqurlikda
ekiladi, o’rtacha qumoq tuproqlarda urug’lar 5-6 sm, yengil tuproqlarda 7-8 sm
chuqurlikda ekiladi. Tuproqning yuza qatlami juda qurib ketganda urug’lar yengil
tuproqlarda 8-10 sm chuqurlikda ekilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |