Ekish optimal muddatlardan kechikkanda ekish me’yori oshiriladi. Kech ekilgan
o’simliklarda tuplanish koeffisiyenti urug’larning unib chiqishi kam, kuzgi–qishki
noqulay sharoitlarga chidamliligi esa past bo’ladi.
Samarqand qishloq xo’jalik institutida o’tkazilgan tajribalarda unumli
bug’doy navi 20.09; 10.10; 1.11 muddatlarda ekish me’yori 3,0 mln/ga bo’lganda
66,2; 70,6; 63,6 s/ga, 4,5 mln/ga ekilganda 63,6; 77,6; 67,5 s/ga hosil olingan.
Hozirgi paytda O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida ekish me’yorlari
gektariga 3,0-4,5; 6,0 mln/ga urug’ hisobida tavsiya qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: