4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari bilan “Yangi O`zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari “ yuzasidan o`tkazilgan majlis
4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari bilan “Yangi O`zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari “ yuzasidan o`tkazilgan majlis bayonnomasi. O`tkazish vaqti: 8.04.2022.
O`tkazish joyi : Sinf xonasi
Qatnashdilar: Sinf rahbari: Xujanova B.S
Sinf tarbiyachilari: Akbarova N, Alimova D
17 nafar ota-onalar.
Kun tartibi. 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O`zbekiston strategiyasi” asari bilan yaqindan tanishish. Uchinchi Renessansni qurishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar.
2. Ota-onalar va ularni o`rnini bosuvchi shaxslarning xuquq va majburiyatlari. (O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73- moddasi, O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 23-sentabrdagi 637-sonli “Ta`lim to`g`risida” gi qonunning 7-bandi, O`zbekiston Respublikasining “ Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksning 47-moddasi haqida.)
3. Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasini qo`llash, o`quvchilar orasida AKT savodxonligini oshirish, “Kundalik” kom, ERP, “Kitob uz”, “Fan akademiya” onlayn maktab tizimlarini afzalliklari.
Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan sinf rahbari Shorahimova N. so`zga chiqib Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi bilan tanishtirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli
kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.
Kitob so‘z boshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.
Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
«Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
«Xalqparvar davlat»
«Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
«Adolatli ijtimoiy siyosat»
«Ma’naviy taraqqiyot»
«Xavfsizlik va tashqi siyosat»
«O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».
Ikkinchi masala yuzasidan Shoraximova N.so`zini davom ettirdi va Ota-onalar va ularni o`rnini bosuvchi shaxslarning xuquq va majburiyatlari to`g`risida gapirib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73- moddasida:
Ota-onaning bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari
- Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.
- Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
- Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.
- Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi shart.
O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 23-sentabrdagi 637-sonli “Ta`lim to`g`risida” gi qonunning 7-bandida :
Davlat ta’lim standartlari
- Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim
mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
- Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim
muassasalari uchun majburiydir.
O`zbekiston Respublikasining “ Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksning 47-moddasida :
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi ;
Ota-onalarga ma`lumot berib , tushuntirilib berildi.
Uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari o`z so`zini davom ettirib sladlar orqali o`z so`zini davom ettirdi. O`quvchilar orasida AKT savodxonligini oshirish, “Kundalik” kom, ERP, “Kitob uz”, “Fan akademiya” onlayn maktab tizimlarini afzalliklari haqida gapirib o`tildi.
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan davrda yashayapmiz. Albatta, amaliyotga joriy qilingan har bir yangilik, innovatsion loyihalar zamirida insonlar ish-faoliyatini yengillashtirish, mavjud muammolarni kamaytirish va zamon bilan hamnafas yashash maqsad qilinadi.
Xalq ta’limi sohasida o‘ziga xos burilish yasagan yangiliklardan biri elektron jurnal va kundalik tizimi joriy etilishi bo‘ldi. “Toshkentda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi. Unga ko‘ra poytaxtimizda onlayn axborot tizimi keng joriy etiladi.
Yangi tizimning afzalliklari :
Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni majburiy mehnat, majburiy obuna, ortiqcha qog‘ozbozlik ishlaridan ozod etishga kirishganiga ancha bo‘ldi. “Kundalik” loyihasi mana shu ishlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi desak, adashmaymiz. Mazkur tizim o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun yagona elektron ta’lim muhitini yaratadi. U orqali o‘qituvchilar jurnal to‘ldirish, hisobot ishlarida qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ota-onalar istagan vaqtda farzandlarining baholari bilan tanishib borish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda jarayonda ishtirok etayotgan pedagoglarning fikrlari bilan qiziqdik.
Kundalik.com — ta’limga AKT va kompyuter texnologiyalari shiddat bilan kirib kelayotgan davrda kelajak uchun buyuk kashfiyot bo‘ldi, desak adashmaymiz. Bu kundalik kom ham o`qituvchilar uchun ham ota-onalar uchun qulaydir. Shu qulayliklardan foydalanib o`z farzandingizning qanday bilim olayotganliklarini bilib boring.
Kitob.uz – bu bolalar elektron kutubxonasi bo'lib, u yerda ko'plab elektron kitoblar va o'zbek tilidagi audio kitoblar mavjud. Turli yoshdagi kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Mazkur ilovada biz uchun o'zbek tilidagi eng sara kitoblar va audio kitoblarni to'plangan. Kitoblar va audio kitoblar o'qish va tinglash uchun mutlaqo bepul va doimiy Internetga ulanishni talab qilmaydi.
Mazkur ilovaning qulay xususiyatlari:
— reklama va cheklovlarsiz har qanday kitoblarni o'qish va tinglash;
— adabiy janrlarning boy tanlovi;
— ilovaga kitoblar va audiokitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
— kitob o'qish uchun tungi rejimning mavjudligi;
— kitobni varaqlash rejimini sozlash qobiliyati;
— siz kitobni o‘qishni to‘xtagan joydan boshlab o'qishni davom ettirish imkoniyati;
— kitoblarni izlash qulayligi.
Shunday imkoniyatlar yaratilgandan unumli foydalanib qolishimiz va bolalarni ham qiziqtirib jalb etishimiz har birimizning qo`limizdadir. Bu orqali biz bolalar orasida kitobxonlikni oshirgan bo`lamiz.
Sinf rahbari: Xujanova B.S