4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish



Download 78,94 Kb.
bet12/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

1. Lug’at diktant
2. Saylanma diktant
3. Ko’rsatish diktant
4. Yoddan yozuv diktant
5. Ta’kidiy diktant
6. Izohli diktant
7. Ijodiy diktant
8. Erkin diktant
2) Tekshirish diktanti. Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash maqsadida o’tkaziladi.1 Noan’anaviy darslarda ta’limiy diktant turlaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
Noan’anaviy darslarda o’quvchining faol ishtirok etishi uning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga, o’ylashga va xulosa chiqarishga o’rgatadi. Bunday darslarda o’quvchi zerikmaydi., dars qiziqarli bo’lganligi uchun ham o’tilgan mavzu hamda dars uning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Ma’lumki, jamiyat rivojining har bir bosqichi o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim tizimi oldiga oz’ ijtimoiy buyurmasini, Davlat esa o’z davlat buyurtmasini qo’yadi. Hozirgi zamon ta’lim tizimi oldidagi ijtimoiy va davlat buyurtmasi O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy g’oyalarida o’z aksini topgan.
Mazkur dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o’zlashtirgan, o’zida milliy istiqlol g’oyalarini mujassamlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi.
Ushbu pedagogik g’oya ta’lim tizimi oldiga qator vazifalar, jumladan, ta’lim tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish va joriy etishni taqozo etadi.
Mazkur vazifalarni hal etishda modulli ta’lim texnologiyalari muhim o’rin tutadi.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati, o’quvchilar o’quv-bilish faoliyatida modulli dastur yordamida mustaqil (yoki o’qituvchi rahbarligida) ishlab, belgilangan o’quv-bilim maqsadiga erishadilar.
Modulli ta’lim texnologiyalari asosida modulli dastur turadi.
Modul dasturi orqali o’quvchi: modul ustida ishlash jarayonida qanday maqsadlarga erishishi; o’quv topshiriqlari, o’quv materiallarini topish manbalari; o’quv topshiriqlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar (ma’lum bir matnni o’qib chiqish, matndagi asosiy fikrni aniqlash, masalani yechish, mashqni bajarish, kuzatish o’tkazish, obyektlarni taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni ajratish, umumlashtirish, xulosa yasash va h.k.). topshiriqning to’g’ri bajarilganligini tekshirish yo’llari: nazorat (test yordamida, yozma ish, axborot tayyorlash va h.k.) usullari haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
Modulli ta’limda o’qituvchining vazifasi:
-modul dasturlarini tuzish;
-modul dasturini maaliyotga qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish;
-o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, olingan natijalarga asoslanib, zarur hollarda modul dasturiga o’zgartirishlar kiritishdan iborat.
Shuni qayd etish kerakki, modulli dastur bu – dars matni yoki o’qituvchilar tomonidan o’quv materiallarini rejalashtirish emas, balki o’quvchilarning u yoki bu mavzuni mustaqil o’zlashtirishi bo’yicha o’quv-bilish faoliyati dasturidir.
Modulli dasturlar mazmuni, mohiyati va maqsadiga ko’ra:
1. O’quvchilarning individual ishlashi uchun mo’ljallangan;
2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashi uchun mo’ljalllangan;
3. O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlariga ajratiladi.
Modulli ta’limda har bir o’quv faoliyati elementi nazorat qilinadi va baholanadi.
Modulli texnologiyada nazoratning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
1. O’z-o’zini nazorat qilish;
2. O’quvchilar tomonidan o’zaro nazorat;
3. O’qituvchi tamanodan nazorat.
O’quvchi o’z-o’zini nazorat qilganda, test savollariga javoblar topib uni bajaradi, to’g’ri javoblar bilan taqqoslaydi va o’zining faoliyatini baholash mezoniga muvofiq baholaydi.
O’zaro nazoratda o’quvchilar bir-birining javoblarini tekshiradi, o’quvchilarning o’z faoliyatiga qo’ygan bahosi, baholash mezoniga qanchalik mos ekanligini ko’rib chiqadi. Bunda o’quvchilar o’rtasida axborot almashuv, do’stona muloqot, bahs vujudga keladi.
O’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimi muntazam ravishda nazorat qilinadi. Bunda modul dasturi bilan ishlashdan avval o’tgan mavzular bo’yicha, dars oxirida yangi mavzu bo’yicha nazorat o’tkaziladi. Nazorat test savollari, savol-javob, yozma ish, ijodiy ish shaklida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Modulli ta’lim texnologiyalarining afzalligi, modul dasturidan o’rin olgan har bir o’quv faoliyati elementi baholanadi.
Har bir o’quv faoliyati elementining aniq va haqqoniy baholanishi o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, tahsil olishga bo’lgan ehtiyoji va qiziqishini orttiradi.
Ma’lumki, fikrlash nutqdan ajralmas jarayon. Bolalar nutqining rivojlanishi ham fikrlash jarayoniga bog’liqdir. Fikr yuritish esa murakkab faoliyat bolib, maxsus aqliy faoliyat asosida amalga oshadi. Taqqoslash, athlil qilish va sintez, abstraktlashtirish, umumlashtirish aqliy jarayonning asosiy turlaridir.
Fikrlar nutq orqali ifoda etiladi va bayon qilinadi. Fikrlar so’z qolipiga solingandagina voqelikka aylanadi. Nutq-ta’lim jarayonida alohida o’rin tutadi. O’quvchilar nutqini o’stirish ta’lim-tarbiya ishidagi muhim shartlardan biridir. Shu bois ona tili fani maktabdagi fanlarning eng asosiysi hisoblanadi.
Ma’lumki, ta’lim nutq orqali muloqotga kirishish yo’li bilan olib boriladi. O’quvchilar ustozlari nutqini tinglab va kitob mazmunini uqib olish bilan bilimlarini o’zlashtiradilar. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati bir tomondan, o’quvchilar idrok qilgan nutqlarning sifatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchilar nutqining taraqqiyot darajasiga, shuningdek, ta’lim qaysi tilda olib borilayotgan bo’lsa, shu tildan o’quvchilarning erkin foydalana olishlariga bog’liq. Nutq ravonligi darajasi va sifati-grammatik jihatdan to’g’riligi va boshqa kishilarga tushunarli bo’lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarga o’zlari idrok qiladigan va ishlatadigan har bir so’zning ma’nosi tushunarli bo’lishi uchun harakat qilish kerak.
O’quvchilarning fikrlarni idrok qilishlari ham, esda saqlab qolishlari ham, qayta tiklashlari ham faqat nutq yordamida amalga oshiriladi.




    1. Download 78,94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish