4-sinf Matematika Sana______________
Mavzu: Qo’shish va ayirishning yozma usullari. ( 204-209 misol masalalar)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Qo’shish va ayirishning yozma usullaridan foydalanib misollarni yechishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda mehnat qilishga, hunar o’rganishga bo’lgan qiziqishni tarbiyalash. Sinfda tejamkorlik muhitini yaratish.
Rivojlantiruvchi: Tafakkur, matematik nutq hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi dars.
Dars metodi: tushuntirish, ko’rgazmalilik, “Aqliy hujum”, savol-javob, matematik muhokama.
Dars jihozi: Matematika darsligi, matematika daftari, turli ko’rgazmalar, doska.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish, sinfning darsga tayyorligini tekshirish, ko’rgazmalarni ilish.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish:
Uy vazifasi qilib 202-topshiriq va 203- misollar berilgan. Uyga vazifa og’zaki savol javoblar orqali tekshiriladi.
202 topshiriqda quyidagi savollar beriladi
CD kesma AB kesmadan necha marta qisqa? ( ikki marta)
AB kesma CD kesmadan necha santimetr uzun? ( 5 sm uzun)
203-misol
203-misol natijalari ichida eng yuqori natijani ayting.
Eng past natijani ayting.
Yangi mavzu bayoni:
204- misolning sharti o’qiladi va misollar shart asosida tekshiriladi.
Qo’shishni bajaring va hisoblashlarni to’g’riligini ayirish bilan tekshiring.
27 944 45 016 567 812
38 185 9 314 236 435
_______ _______ ________
66 129 54 320 804 247
66 129 54 320 804 247
27 944 45 016 567 812
_______ ______ _______
38 185 9 314 236 435
205- misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar shu bilan birgalikda doskada muhokama qilinadi. Misol sharti ovoz chiqarib o’qiladi.
Ayirishni bajaring va hisoblashlarning to’g’riligini qo’shish bilan tekshiring.
7 123 415 001 600 216
2 839 76 324 33 777
______ _______ _______
6 284 338 677 566 439
Tekshirish:
6 284 338 677 566 439
2 839 76 324 33 777
______ _______ ________
7 123 415 001 600 216
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzu darslikdagi 206- masala orqali mustahkamlanadi. Masala sharti o’qiladi. “Aqliy hujum” metodi orqali masala muhokama markaziga aylantiriladi.
Uy qurilishiga ertalab 28 480 ta, kechqurun unda 10 725 ta ortiq g’isht keltirildi. Savolni shunday qo’yingki, masala ikki amal bilan yechiladigan bo’lsin.
Berilgan topshiriq uchun yechim variantlari tinglanadi, fikrlar umumlashtiriladi, lekin hech kimning fikri tanqid ostiga olinmaydi.
Yechim: savol uy qurilishiga hammasi bo’lib nechta g’isht keltirilgan?
Yechish: 1) 28 480 2) 28 480
10 725 39 205
_______ _______
39 205 67 685
Javob: uy qurilishiga hammasi bo’lib 67 685 ta g’isht keltirilgan.
207- topshiriq og’zaki bajariladi. Huddi darslikdagi kabi geometrik shakllar va rasmlar berilgan plakatlar doskaga ilinib qo’yiladi. Topshiriq sharti o’qiladi.
Ushbu geometrik shakllar ichidan uchburchaklarni toping va ularni tartib raqamini ayting. To’rtburchaklarni toping va tartib raqamini ayting.
Koptok qanday geometrik jism shakliga ega? Piramida-chi? Stakan-chi? Chamadon-chi?
Darsni yakunlash va uyga vazifa berish:
Uyga vazifa 208-masala va 209-misollar. O’qituvchi 208-masalaning shartini tushuntiradi va 209-misoldan bittasini namuna sifatida ishlab beradi. Dars so’ngida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |