154
tepkilab kiyganda ham, asl mol-da, tamom bo‘lmaydi. Xayr,
sizga nasib qilgan ekan, yaxshilikka buyursin, – deydi. Xari
-
dor narx so‘raydi.
Ahmad Sedob unga bir qarab oladi-da:
– Endi gap pulda emas. Moli hozirgi mollardan emas,
yangangizning bisotida qadimdan qolgan edi. Ataylab o‘zim
-
ga tiktirgan edim, sal tor keldi. Siz o‘zimizniki – yetti so‘m
berasiz, – deydi.
Xaridor cho‘chib shimni yecha boshlasa, qo‘lini ushlab
to‘xtatadi-da:
– Xayr, xayr, qani shoshmang, siz qancha berasiz? –
deydi. Xullasi, xaridorning u yog‘idan o‘tib, bu yog‘idan
o‘tib shimni sotadi.
«Shariati imon», tasbeh, duo qog‘ozlari sotganda ham
u juda biyron.
– Makkadan kelgan, atigi ikki dona edi, bittasini noiloj-
likdan sotaman, – deydi tasbehni ko‘rsatib. –
Endi ham
bosilsin-chi, qadriga yetgan musulmonga sotaman, – deydi
«Shariati imon»ni so‘ralsa. – Shamdoni Sharif, choruqi
sharif, misvoki sharif, – deydi
palaxsa-palaxsa suratli duo
qog‘oz sotganda.
Attorivor buyumlarga xaridor bo‘lsangiz, u bitta oyna
-
mi, taroqmi, saqichmi – nima bo‘lsa ham, sizga yaxshi mol
ekanini maqtay-maqtay narx aytadi. Siz kamga so‘rasangiz,
qo‘lingizdan molni tortib oladi-da, jahl bilan:
– Yur, yur, uka, kooperativga bor. Koshki u yerdan bun-
doq narsa topa olsang. Seni odam deb jo‘yalik narx aytgan
edim, – deydi.
Ahmad Sedob koperativ bilan hech chiqisha olmaydi.
Yuragida kooperativga qarshi raqobat o‘ti gurillaydi. Kun-
dan-kunga qish loqlarda ochilayotgan kooperativlarni, ularda
qator uymalashgan dehqonlarni ko‘rib, odamlardan insof
ketdi, deb dilidan o‘tkazadi. Agar biror kishi uning oldida
kooperativdan so‘z ochsa:
– Echkini o‘z oyog‘idan, qo‘yni ham o‘z oyog‘idan
osadilar. Senga ikki yo‘l: bittasi o‘ng, bittasi so‘l. O‘ng yo‘l
155
qolib, so‘l yo‘l bilan kooperativdan savdo qilsang, jazosini
ko‘ra berasan. Uning butun moli bizdan olingan nalogdan, –
deydi. Uni har doim yelkaga ko‘targan xurjuni bilan atrof
qishloqlarda bozor kunlari ko‘rish mumkin. Juma – Juma-
bozorda, shanba – Yarmarkada, yakshanba – Eski Toshkent
qishlog‘ida, dushanba – To‘ytepada, seshanba – Qovunchida,
chorshanba – Chinozda, payshanba – Telovda va hokazo...
* * *
Biz Jumabozorga yaqin bir qishloqda Muhammadjon
de gan o‘rtog‘imizning yeriga chiqdik. Atrofni aylanib zerik-
kanimizdan so‘ng, o‘rtoqlar bilan
qishloq bozorini tomosha
qilgani chiqishni ma’qul ko‘rdik.
Bozor dehqonlar bilan to‘la edi. Kooperativlarda odam
sig‘ishmaydi. Muhammadjon aka sigirga arqon olmoq uchun
bizni bir samovarga o‘tqazib, o‘zi kooperativga ketdi. Oradan
besh minutcha vaqt o‘tgandan so‘ng, kooperativlar oldida
to‘polon ko‘tarildi. Odamlar o‘sha tomonga qarab yugura
boshladilar. Muhammadjon aka o‘sha tarafdan chopib biz-
ning
oldimizga keldi-da, hovliqib:
– Bizning qo‘shni Ko‘kanni Xudo urib qolibdi. Koope-
ra tivdan gugurt olaman degan ekan, pulini kissavurga ol-
diribdi, – dedi.
Biz hammamiz samovardan odamlar g‘ujg‘on o‘ynagan
yerga yugurdik, dehqonlar Ko‘kanni o‘rtaga olib surish-
tirmoqda edilar. Bir xurjun ko‘targan, o‘rta yoshli, cho‘q qi-
soqol
kishi emish, kooperativning oldida Ko‘kanni yoniga
surkalib turgan ekanmish, bir aylanib puli yo‘q emish...
Odamlar Ko‘kandan kayfiyatni bilgandan so‘ng tarqala
boshladilar.
Yana oradan besh minutlar o‘tar-o‘tmas mol bozorda
to‘polon chiqib qoldi. Kissavur ushlandi. Dehqonlar ot
-
liqmi-yayov kissavurni o‘rtaga olib, olomon qilar edilar. Biz
ham
yugurib borib, oraga suquldik. Kissavur o‘lim oldida
yerda cho‘zilib yotgandi. Otlarning oyoqlari, atrofdan kelgan
tosh, g‘isht, kesaklar...
156
Birdan qay ko‘zim bilan ko‘ray: chorbozorchi Ahmad
Sedob.
Yelkasidagi xurjuni yerga tushib, ichidagi narsalar atrofga
sochilgan, ayniqsa ikki-uchta taroq – egasi chorbozorchining
holiga tishlarini irjaytirib kular edi.
«Endi shu kasbni topgan ekansan, jazongni tortibsan», deb
ko‘ngildan o‘tkazdim.
Militsiyalar kelib, odamlarni tarqatdilar,
kissavurni o‘limdan qutqarib, shahar kasalxonasiga jo‘natdilar.
Biz ham bafurja Muhammadjon akaning qo‘rg‘oniga qaytdik.
Kechqurun Ko‘kan bir tarvuz ko‘tarib chiqdi. Shunda biz:
— Qancha, qancha pul oldirdingiz? – deb so‘rasak:
— Aylanayinlar, ikki xurma sut sotgan edim, miri kam
uch tenkami, miri kam to‘rt tenkami, haytovur, esimda
jo‘q, – deb javob berdi...
1929
Do'stlaringiz bilan baham: