4-seminar mashg’ulot
OAV va rasmiy –idoraviy hujjat matnlarining til xususiyatlari
Davlatimiz
siyosatining
mazmun-mohiyatini,
yurtimizda
kechayotgan
islohotlar jarayonini xolis va ayni paytda
xalqimizga tezkor yetkazishda,
jamoatchilik fikrini shakllantirishda, odamlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini
qondirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki
ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot
yetkazuvchi vosita hisoblanadi. Ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar
o’zbek tili leksikasini taraqqiy etishiga sabab bo’ladi va bu o’zgarishlar, eng
avvalo, ommaviy axborot vositalarida o’z aksini topadi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy
tarqatishning doimiy nomga
ega bo’lgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va
boshqalar) yoki elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar,
umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda
kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy
axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy
axborot vositalari deb
yuritiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining yozma shakliga bosma tarzda
chop etiladigan gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar kirsa, og’zaki
yoki elektron tarzdagi shakllarga televideniye va radio dasturlari kiradi.
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining bosma shakllarini matbuot deb
yuritiladi. Bugungi kunda davriy matbuotning paydo bo’lishi va rivojlanishini
o’rganish, axborot almashinuvi jarayoniga matbuotning o’rni va uning jamiyat
hayotiga ta’sirini tahlil qilish, ularga doir ilmiy qarashlarni o’rganib,
matbuotda
tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish muhim vazifalardan
sanaladi. To’rtinchidan, gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi.
Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda
yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat,
reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda
badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan o’z
o’rni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi.
Gazeta tili badiiy, publitsistik, so’zlashuv uslublari tiliga yaqin turadi, ilmiy,
rasmiy uslublar tilidan farq qiladi.
Shu bois, mazkur ishda gazeta tili va unda
tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini bayon etildi.
Beshinchidan, gazetalardagi sarlavhalarni tuzilishiga ko’ra sodda va murakkab
sarlavhalarga bo’lish mumkin. Sodda sarlavhalar bir so’z bilan ifodalansa,
murakkab sarlavhalar so’z birikmalari, kengaygan birikmalar yoki gaplar bilan
ifodalanishi mumkin. “Kafedra”, “Kamolot malikalari”, “Til- millatning qiyofasi”
kabi.Oltinchidan, mustaqillikdan so’ng tilimiz
turli davlatlar bilan ijtimoiy,
ma’naviy-madaniy, iqtisodiy soha hamkorligi natijasida mavjud tillarning so’zlari
hisobiga kengaydi. Masalan: Amaliy filologiya bakalavrining professional
kompetensiyasi, global til korpusi, lingvistik ekspertiza, xolerik temperamentli
shaxsning nutqi, kasbiy kommunikatsiya asoslari, korpus lingvistikasi, magistr,
annotatsiya, referat, reklama matnlari.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga
tatbiqi samarasi o’laroq, qabul qilingan yangi davlat ta’lim stardartlarida ona tilini
umumiy o’rta, o’rta maxsus, oliy ta’limda o’qitish mana shu yo’nalishning tubdan
isloh qilinishiga sabab bo’ldi. Buning natijasi o’laroq, tilimizga kollej,
reyting
bakalavr, magistr, kompyuter va boshqa so’zlar kirib keldi va bunday so’zlar
OAVda ham ishlatila boshlandi. Yettinchidan, boshqa tillardan kirib kelgan
so’zlarning aksariyat qismi matbuot matnlarida shakliy tamoyil asosida
yozilmoqda. Masalan: DAEWOO, Twitter, Windows, Whatsapp, Google, You
Cam Perfect kabi so’zlar. Bu so’zlardagi W, C kabi harflar o’zbek imlosida
mavjud bo’lmaganligi va bunday holatlarga oid ko’rsatmalar
berilmaganligi
sababli mazkur so’zlar shakliy tamoyil asosida berilmoqda.
1-topshiriq
Ijodiy ish.
“O’zbekiston matbuoti” jurnali yoki “Farg’ona haqiqati” gazetasi bilan
tanishib chiqing. Undan o’rganilayotgan masalalarga oid fikrlarni toping.
2-topshiriq
Kartochkalar bilan ishlash.
Savol kartochkalar tarqatiladi.Talabalarning
javoblariga izohlar beriladi va ular umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.
Mashg’ulotda faol qatnashgan talabalarga reyting ballari qo’yiladi.