O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qo‘shko‘pir tumani XTBga qarashli 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi Вoshlang‘ich tashkiloti ta’sis yig‘ilishi
BAYONNOMASI_№2
“4” Oktabr 2021y. Shix qishlog‘i
Raislik qildi: 29-son MMIBDO‘ O. Ashirov
Kotib: 29-son maktabi Yoshlar yetakchisi Q. Rahimov
Qatnashdi: 29-son MMIBDO‘ O. Ashirov, yoshlar yetakchisi Q. Rahimov, huquq fani o‘qituvchisi D. Qilichov va maktab o‘qituvchi pedagoglari va psixolog, maktab o‘quvchilari 250 nafar qatnashchi.
KUN TARTIBI
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi yoshlar yetakchisini 2020-2021 o‘quv yilida qilgan ishlari sarhisobi to‘g‘risida
3. 29-son umumy o‘rta ta’lim maktabining Sardorlar Kengashini saylash to‘g‘risida
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ O. Ashirov so‘zga chiqdilar.
So‘zga chiquvchilar tamonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Dastur va Ustavini to‘liq qo‘llab- quvatlashlari ma’lum qilinib, uning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda va ularni targ‘ib qilishda faol ishtirok etish istagi bildirildi. Yig‘ilish belgilangan tartib-qoidalar hamda karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazildi.Saylovni tartibli o‘tishini nazorat qilish maqsadida 5 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish komissiyasi shakllantirildi. Uning tarkibiga MMIBDO‘, maktab psixologi, maktab BT yetakchisi Q. Rahimovlar qatnashdilar. Shuningdek, yoshlar o‘z oldiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lishni maqsad qilib qo‘yishi va bu maqsadga erishishi ularning har tamonlama barkamol bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin egallashi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston yoshlar ittiqi Dasturi va Ustavini chuqur o‘rganib chiqib, maktabning bir guruh o‘quvchilari tamonidan mazkur O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari safiga o‘z ixtiyori bilan kirish istagi bildirildi, o‘z boshlag‘ich tashkilotini tuzish istagi ma’lum qilindi va ma’qullandi.
Shundan so‘ng boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari tanishtirildi hamda Sardorlar kengashini saylash yuzasidan fikr-mulohazalar dildirildi.
Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilindi.
QAROR QILINDI:
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Dasturi va Ustavi to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilinsin .
2. Xorazm viloyati hududiy tanlov komissiyasining tavsiyanomasiga ko‘ra Rahimov Qudrat Olimboy o‘g‘li O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Qo‘shko‘pir tumani 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat olib borishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra quyidagilar umumiy o‘rta maktabining Sardorlar Kengashi a’zolari etib saylansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |