4-nazorat savollariga javob:
1. Eftaliylar davlatidagi boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?
2. Oʻrta Osiyoda qachon yerga egalik munosabatlari shakllana boshlagan?
3. Turk xoqonligidagi davlat boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?
4. Oʻrta Osiyoni arablar qachon, qanday istilo qildilar?
5. Arablar hukmronligi davrida davlat boshqaruv tizimi qanday boʻlga
6. Muqanna qoʻzgʻolonining boshlanish sabablarini aniqlang.
7. Oʻrta Osiyoga islom dinining yoyilishi qanday ahamiyatga ega?
Javoblar:
Eftaliylarning bir qismi koʻchmanchi boʻlib, chorvachilik bilan shugʻullansalar, asosiy qismi shahar va qishloqlarda yashaydigan oʻtroq aholi boʻlgan. Koʻpgina hududlarda, xususan, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarda gʻalladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Shuningdek, koʻplab gʻoʻza ekilgan va Markaziy Osiyoning paxtasi, xatto Xitoyda ham mashhur boʻlgan yilqichilik bilan shugʻullangan aholi asosan togʻ va togʻ oldi yerlarda yashashgan, zotdor argʻumoqlar Fargʻona vodiysida koʻpaytirilgan. Eftaliylar davrida hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, chilangirlik, boʻzchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari yaxshi taraqqiy etgan.
V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.
Mamlakatda ziroatchilik, boqdorchilik, shaharlarda qurilish, hunarmandchilik, savdo-sotiq avj olgan, kulolchilik, qurolsozlik, shishasozlik, xoʻjalik, savdo-sotiq.
VII-VIII asrlarda markazlashgan Arab xalifaligi Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eronni boʻysundirib, kuchli imperiyaga aylanadi. Xalifalik Oʻrta Osiyo yerlariga ham yetib keldi. 651- yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. ovarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo‘shinlarini yengadi va o‘z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida tovon undiradi.
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi.
Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769-783- yillarda bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘ olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilib, Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi.
Arablar mahalliy aholini faqat harbiy kuch bilan ushlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardilar. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |