Investitsiya kiritish shakl va jarayonlarini o‘zgartirish Xorijiy investitsiyalar birinchi martta yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarni o‘zgartirish ularning investitsiya sifatidagi malakasini o‘zgartirishga olib kelmaydi.
Yuridik shaxslar uchun litsenziya olish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 14-moddasida litsenziya olish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.Unda, litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag‘i raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarni litsenziya da’vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi o‘zga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.
Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik sub’ektining ishtirokisiz oladi.
(14(1)-modda. Faoliyatning ayrim turlarini «bir darcha» prinsipi bo‘yicha litsenziyalash)