Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish 2021 yil kuni O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Davlat aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish masalasida video selektor yig‘ilishini o‘tkazdi, Unda — Xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga doir ishlarni har tomonlama kuchaytirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanliginiaytib o‘tdi va mutassaddi vazirliklar,idoralar, mutasaddi mutaxassislarga topshiriqlar berdi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotida xususiy mulk rolini oshirish, davlatning xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi hissasini keskin kamaytirish, korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni keng jalb qilishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Bundan tashqari, sarmoyadorlar tomonidan sarmoya majburiyatlarini olgan holda joylashtirilmagan davlat aktivlarini nol qiymatda sotib olish imkoni mavjud. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlariga oid barcha ma’lumotlarni gki.uz saytidan topish mumkin.
So‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar haqida ma’lumot va uning daromadni repatriatsiya qilishga ta’siri — Respublika valyuta balansini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda ma’lum vaqt so‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar mavjud edi. Sarmoyadorning O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta investitsiya qilinishi yoki xorijiy sarmoyador xohishiga qarab boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston Respublikasiga pul mablag‘larini xorijiy valyutada erkin o‘tkazish va undan hech qanday cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash sharti bilan foydalanish kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan “Xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10 moddasiga izoh berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:
— Konstituutsiya va qonunlar, shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari ustuvorligini tan olgan holda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy bahslarining huquq doirasida hal etilishi tarafdori.
Qonunning birinchi bo‘limi 10-moddasida keltirilgan «Agar tomonlar kelishilgan qarorga kela olmasalar, bundan nizo O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qo‘shilgan investitsiyaviy baxslarni xal qilish uchun xalqaro shartnomalar (bitimlar, konventsiyalar) qoydalari va tartiblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi xojalik sudida yoki xakamlik sudida xal qilinadi» undan foydalanish xalqaro shartnomalar qoida va tartib-taomillariga rioya qilish talab etishini belgilab beruvchi qoida hisoblanadi va o‘z-o‘zidan respublikaning har qanday bahsni ma’lum bir arbitraj organiga o‘tkazilishiga roziligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etmaydi.
Odatda, bahs tomonlarining uni bahslarni hal qiluvchi ma’lum bir organga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishga roziligi sarmoya shartnomasiga qo‘shimcha arbitraj eslatma shaklida yoki bahs tomonlari o‘rtasida tuzilgan alohida bitim bilan izohlanishi darkor.
Shu yo‘sinda, Konstitutsiyaviy sud qaroriga xorijiy sarmoyadorlar huquqlari kamsitilishi sifatida qaralmasligi kerak va ushbu masalaga konstruktiv va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari doirasida har bir tomonning huquq va majburiyatlarini hurmat qilgan holda yondashish talab etiladi.