4. Menejmentning nazariy asoslari.
Reja:
1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish.
2. Amir Temurning boshqaruv tamoyillari
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari.
4. Davlat boshqaruvi.
5. Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha.
6. Boshqaruv va menejment
7. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
8. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
9. Boshqaruv usullari
1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish.
Boshqaruv faoliyatining samarasini oshirish uchun amalga oshiriladigan ishlar orasida
asosiy o’rinni boshqaruv faoliyatida qonunlarga rioya qilish egallaydi. Menejment jamiyat
qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta
boshqaruv masalasi hal etilishi mumkin emas. Boshqaruv faoliyatida qonunlardan qanchalik
to’liq va izchil foydalanilsa, mehnat jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Boshqarish jarayonida
iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi.
Boshqaruv faoliyatida qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z vaqtida
va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi
omil hisoblanadi.
Har qanday faoliyat ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Menejment ham o’z
qonunlariga, tamoyillariga egadir. Ularga amal qilish orqali olib borilgan faoliyatgina samarali
faoliyat bo’la oladi. Menejment faoliyatini uning qonun-qoidalarini, tamoyillarini hisobga
olmasdan olib borish samarasizlik sari qo’yilgan qadam bo’ladi. Menejment qonunlari
menejment fani va amaliyotining poydevorini tashkil etadi. Bu qonunlarda menejment ob’ekti va
sub’ekti o’rtasidagi ob’ektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniqlik, mohiyat bilan
umumiy bog’lanish va aloqadorliklar o’z ifodasini topadi. Bu umumiy bog’lanish va
aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab
beradi. Bundan ko’rinib turibdiki menejment tamoyillari hamma uchun majbur bo’lgan me’yor,
qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin. Menejmentning
umumiy tamoyillari quyidagi 2-jadvalda ko’rsatilgan.
Boshqarish tamoyili deganda boshqaruv organlari va rahbarlari faoliyatining asosini tashkil
etuvchi qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish tamoyillari bu - boshqaruv amaliyotida ob’ektiv
qonunlardan foydalanish shakllaridir. Menejment amaliyotida qonunlardan foydalanish orqali
boshqaruv faoliyatining samaradorlikka erishishi uchun asos yaratiladi.
2-jadval
Menejmentning umumiy tamoyillari
№ Tamoyill
ar
Tamoyillar izoxi
1.
Demokra
tik tamoyil
Ommani boshqarishga keng ko’lamda jalb qilishni, ishlarning
kengash va maslahat bilan bajarilishini talab qiladi.
2.
Ierarxiya
tamoyili
Boshqaruvning pog’onaliligiga asoslanadi.
3.
Rejalasht
i-rish tamoyili
Boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi,
shartnomalarning bajarilishini tashkil etadi hamda nazorat qiladi.
4.
Yakkaxo
kim-lik
tamoyili
Boshqaruv faoliyati belgilangan shaxs tomonidan bajarilib, unga
boshqariladigan ob’ekt, uning mol-mulki, pul mablag’lari ishonib
topshiriladi.
5.
Ilmiylik
tamoyili
Boshqaruv faoliyatini olib boradigan shaxs chuqur ilmiy bilimlarga
ega bo’lishi lozim. U boshqaruv faoliyatini ilmiy asoslangan xolda olib
borishi talab etiladi.
6.
Qayta
aloqalar
tamoyili
Boshqaruvchi tomonidan qabul qilingan har qanday qaror
ijrochilarga tushunarli bo’lishi hamda ular tomonidan o’z vaqtida va
samarali tarzda bajarilishi lozim.
7
.
Javobgarl
ik tamoyili
Bu tamoyil, eng avvalo, menejerning javobgarligini nazarda tutadi.
Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxonani yuqori
darajadagi samaradorlikka olib bora olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |