g‘oyaviy inkor, g‘oyaviy yangilanish, g‘oyaviy vorislik kabi jihatlar muhim rol o‘ynaydi. Yuqoridagi tarixiy misollarda ta’kidlanganidek, muayyan g‘oya va mafkuralarning inkor etilishi ikki omilga, ichki va tashqi, ya’ni obektiv va subektiv omillardan iborat bo‘ladi. G‘oyalar hamma vaqt davomiylik xarakteriga ega bo‘lmasligi mumkin, o‘z ma’no-mazmuniga ko‘ra umrini o‘tab bo‘lgan, davr talablariga javob bera olmaydigan g‘oyalar o‘rnini yangi g‘oyalarga bo‘shatib beradi, bu g‘oyaviy inkorning obektiv tomoni bo‘lsa, uning subektiv tomoni muayyan g‘oyalar sun’iy yo‘llar vositasida, ma’lum manfaatlar ta’sirida inkor etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |