9-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1031
Mahsulot nomi: Benzin A-80
Bahosi: 3000 so‘m
O‘lchov birligi: litr
№
|
Operatsiya mazmuni
|
kirim
|
chiqim
|
qoldiq
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
|
Oy boshiga qoldiq
|
–
|
–
|
–
|
–
|
1500
|
4500000
|
1.
|
Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
|
–
|
–
|
400
|
1200000
|
1100
|
3300000
|
2.
|
Mol yetkazib beruvchilardan
qabul qilindi
|
500
|
1500000
|
–
|
–
|
1600
|
4800000
|
3.
|
Yordamchi ishlabchiqa-rishga berildi
|
–
|
–
|
800
|
2400000
|
800
|
2400000
|
4.
|
Ma’muriyatga berildi
|
–
|
–
|
200
|
600000
|
600
|
1800000
|
Oborot
|
500
|
1500000
|
1400
|
4200000
|
|
|
10-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1032
Mahsulot nomi: Dizel yonilg‘isi
Bahosi: 2000 so‘m
O‘lchov birligi: litr
№
|
Operatsiya mazmuni
|
kirim
|
chiqim
|
qoldiq
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
|
Oy boshiga qoldiq
|
–
|
–
|
–
|
–
|
1000
|
2000000
|
1.
|
Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
|
–
|
–
|
250
|
2500000
|
750
|
1500000
|
2.
|
Mol yetkazib beruvchilardan
qabul qilindi
|
900
|
1800000
|
–
|
–
|
1650
|
3300000
|
3.
|
Yordamchi ishlab chiqa-rishga berildi
|
–
|
–
|
400
|
800000
|
1250
|
2500000
|
4.
|
Xizmat ko‘rsatuvchi bo‘-limlarga berildi
|
–
|
–
|
280
|
560000
|
970
|
1940000
|
Oborot
|
900
|
1800000
|
930
|
1860000
|
|
|
11-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1033
Mahsulot nomi: Ko‘mir
Bahosi: 120000 so‘m
O‘lchov birligi: tonna
№
|
Operatsiya mazmuni
|
kirim
|
chiqim
|
qoldiq
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
miqdori
|
summasi
|
|
Oy boshiga qoldiq
|
–
|
–
|
–
|
–
|
40
|
4800000
|
1.
|
Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
Oborot
|
|
|
|
|
|
|
Keltirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, tegishli analitik schyotlarning oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlariga barobardir.
Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak. Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish.
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir.
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Ikki yoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi.
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi.
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda teng keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab shartlanadi.
12-jadval
Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost
20 __ yil “________________” oyi uchun
(so‘m yoki ming so‘m)
Schyotlar
raqami
|
Schyotlarning
nomi
|
Boshlang‘ich qoldiq
|
Aylanma
(oborot)
|
Oxirgi qoldiq
|
Debet
|
Kredit
|
Debet
|
Kredit
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
2.
|
3.
|
4.
|
5.
|
6.
|
7.
|
8.
|
|
Aktivlar
|
+
|
|
+
|
+
|
=3+5-6
|
|
|
Passivlar
|
|
+
|
+
|
+
|
|
=4+6-5
|
JAMI
|
|
|
|
|
|
|
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini anglatadi.
Lekin balansni tuzish aylanma vedomostiga sintetik schyotlar qoldiqlarini balans jadvaliga mexanik o‘tkazishni anglatmaydi. Aylanma vedomosti faqat hisobot davrining oxiriga bo‘lgan korxona mablag‘lari holati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlargagina egadir. Unda hisoblab chiqarilgan qoldiqlar, balans tuzishdan oldin tekshiriladi va aniqlanadi. Shuning uchun sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar ko‘pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi.
Analitik hisob schyotlarida esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular aylanma qaydnomasi shaklinining quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |