2.Global moliyaviy tashkilotlar va ularning funksiyalari.
Halqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarnining institutsional asosini kо‘p
sonli
xalqaro moliyaviy(global) tashkilotlar ham tashkil qiladi. Ularning har biri yirik moliyaviy
resurslari va salohiyati bilan xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi.
Halqaro moliyaviy tashkilotlar jahon moliyaviy resurslari bozorini barqarorlashtirish va
halqaro kapital harakatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Halqaro(global) moliyaviy tashkilotlarga birlashgan millatlar tashkilotining mahsus halqaro
moliya institutlari hisoblanuvchi
Halqaro valyuta fondi, Halqaro tiklanish va taraqqiyot
bankini(Jahon banki guruhi) kiritishimiz mumkin.
Shu bilan birgalikda Xalqaro hisob kitoblar banki, Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki,
Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa halqaro
moliyaviy institutlarni ham
sanab о‘tishimiz mumkin.
Halqaro moliyaviy tashkilotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- jahon xamjamiyatining halqaro moliya va jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish
maqsadidagi sayi xarakatlarini birlashtirish;
- davlatlararo valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solishni amalga oshirish;
- jahon valyuta, hisob-kitob va kredit siyosati ;-strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab
chiqish va muvofiqlashtirishishlab chiqish
Halqaro moliyaviy institular(tashkilotlar) orasida Halqaro valyuta fondi(HVF) alohida
ahamiyatga ega bо‘lgan tashkilotdir. Ushbu fond 1945 yilda tashkil etilgan. XVFning maqsadi
a’zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, tо‘lov balansini tartibga solishva
valyuta kursini barqarorligini kо‘llab quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi.
XVF iqtisodiy
nobarqaror mamlakatlar tо‘lov balansida qiyinchilik sezayotgan о‘z a’zolarini imtiyozli
moliyalashtiradi, ularga turli texnik yordamlar kо‘rsatadi.
XVF xalqaro valyuta tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi mexanizmlar
bо‘yicha qarz beradi:
1. Qarz olish tо‘g‘risidagi bosh shartnoma. 1962 yilda qabul qilingan, unda 11 ta ishtirokchi
qatnashadi.
2. Qarzlar tо‘g‘risidagi yangi shartnoma. 1997 yilda qabul qilingan, 25
ta davlat va
muassasalar ishtirok etadi.
“Stend-bay” kreditlari XVFning kreditlash siyosatining asosini tashkil etadi. Ushbu kredit
shartnomasi asosan a’zo mamlakatlarning tо‘lov balansida mavjud muammolarni hal qilish uchun
qisqa muddatli kreditlarni berishni nazarda tutadi. Odatda ushbu kreditning muddati 12-18 oyni
tashkil etadi
1
.
Kengaytirilgan kredit mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash menxanizmi bо‘yicha a’zo
mamlakatlar belgilangan miqdorda kredlit olish huquqiga ega bо‘lib,, odatda, uch-tо‘rt yilga
taqdim etiladi.
Kambag‘allikka qarshi va iqtisodiy о‘sishni qо‘llab quvvatlash mexanizmi. 1999 yil
noyabrida joriy etilgan bо‘lib, dastlab amal qilgan tuzilmani qayta qurishni kengaytirilgan
moliyalashning davomi hisoblanadi.
Qо‘shimcha zahiralarni moliyalash mexanizmi.
Qoplovchi moliyalash 1963 yilda joriy etilgan bо‘lib, jahon
bozorlarida tovar xom ashyo
narxining о‘zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi hosil bо‘lgan yoki oziq ovqat importi
qiymatining о‘sishiga duch kelgan mamlakatlarga taqdim etiladi.
Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufaylitо‘lov balansida muammolar
vujudga kelgan a’zo mamlakatlarni moliyaviy qо‘llab quvvatlash maqsadida ajratilishi kо‘zda
tutilgan.
О‘zbekistonning XVFbilan oxirgi moliyaviy shartnomasi 1995 yil 18 dekabrda 124,7 mln.
SDR miqdorida “Stend-bay” krediti olish tо‘g‘risida tuzilgan. Hozir О‘zbekiston XVF oldid xech
qanday majburiyatga ega emas.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki - umumjahon bankining asosiy tashkiloti bо‘lib,
birinchi davlatlararo investitsion institut hisoblanadi.
XTTBning maqsadi - a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga
kapital qо‘yilmalar berish, xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish orqali
qо‘llab quvvatlash, tо‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat.
2009 yil oxirida bank tomonidan berilgan kreditlar 479 mlrd. dollarga yetdi. Bank 2009 yilda
42 ta mamlakatga 1226 ta yangi loyihalar bо‘yicha jami 32,9 mlrd. dollar miqdorida kredit ajratdi.
Mintaqaviy moliya institutlari tarkibida yevropa tiklanish va taraqqiyot banki(YETTB)-
1991 yilda tashkil topganva unga 56 ta mamlakat a’zo. YETTB Markaziy va Sharqiy
yevropa
mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga о‘tish bо‘yicha islohotlarni о‘tkazishda kо‘maklashish
maqsadida tuzilgan.
YETTBning faoliyat doirasi quyidaglardan iborat:
- infratuzilmani rivojlantirish;
- turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarni loyihalarini moliyalashtirish va
kreditlash. Bunda resurslarning 60%i xususiy sektorga, 40%i davlat sektoriga mо‘lljallangan.
- xususiy kapital qо‘yilmalarga kafolat berish;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish.
Bank taqdim etadigan kreditning eng kam miqdori 5 mln. yevroni tashkil etadi.
О‘zbekiston 1992 yildan YETTB a’zosi hisoblanadi. YETTB 1992 yildan to hozirgi
vaqtgacha iqtisodiyotning turli sohalaridagi 550 mln. yevro miqdorida 50 dan ortiq loyihalarni
moliyalashtirdi.
Mintaqaviy rivojlanish banklarining yana bir turi Osiy taraqqiyot bankidir(OTB).
Ushbu
bank 1966 yilda tashkil etilgan. 57 ta mamlakat a’zo hisoblanib, shundan 41 tasi hududiy
mamlakatlarva 16 tasi hududdan tashqari mamlakatlardir.
1
Вахабов А.В. ва бошқ. Хорижий инвестициялар.-Т.: Молия, 2010 йил.87-88 б.
OTBning maqsadi Osiyo qit’asidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy riqojlanishda
kо‘maklashi, hududiy xamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo mamlakatlarga texnik yordam kо‘rsatish
va ularning iqtisodiysiyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
О‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bо‘lgan. Bankning mintaqaviy a’zolari rо‘yxatida 15
о‘rinni, yirik aksionerlari rо‘yxatida 22 о‘rinni egallaydi.
1995-2010 yilga qadar О‘zbekistonga 30 ta loyiha uchun umumiy summasi 1,29 mlrd.
dollardan ortiq kreditlar ajratdi. Shuningdek, OTB О‘zbekistonga 40,75 mln. dollar miqdorida
texnik yordam kо‘rsatdi.
2010 yilda О‘zbekiston va OTB moliyaviy xamkorlik dasturi
doirasida mamlakatning
transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash hamda kichik biznesni qо‘llab
quvvatlash maqsadida 1 mln. dollar miqdorida 3 ta yangi loyiha tayyorlanishi va tasdiqlanishi
kо‘zda tutilgan
2
.
Islom taraqqiyot banki(ITB) mintaqaviy moliyaviy tashkilotlarning biridir. Ushbu bank
1974 yilda tashkil etilgan. Islom diniga e’tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat a’zo. ITBning maqsadi
a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi
savdoni kreditlash va savdo, sanoat
kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
О‘zbekiston ITBga 2003 yil 3 sentabrda a’zo bо‘lib kirgan. Bank О‘zbekistonga 2003-2009
yillar mobaynida umumiy qiymati 150 mln. dollarga teng moliyaviy xizmatlar kо‘rsatgan.
2
Вахабов А.В. ва бошқ. Хорижий инвестициялар.-Т.: Молия, 2010 йил.99-100 б.