1. Uch komponentli sistemalar holatini uch burchak
yordamida ifodalash
Uch komponentli sistemalarning holat diagrammasi uch yoqli to`g`ri burchakli prizmada tasvirlanadi. Bu prizmaning asosi teng tomonli uchburchak bo`lib, uning yuzasida sistemaning tarkibi, prizmaning balandligi bo`ylab uning biror hossasi, masalan eruvchanlik harorati quyiladi (ikki o`zgaruvchan t0, R lardan bittasi turg`un deb qabul qilinadi).
Uchburchak AVS (8 –rasm) uchlarida sistemani toza komponentlari figurativ nuqtalari joylashadi 100 % li A,V va S nuqtalar, ya`ni rasmda ko`rsatilgan A nuqtada A modda - 100%, S nuqtada S modda - 100%, V nuqtada V modda - 100 % (yoki mol` qism qo`llanilganda bir) deb qabul qilinadi. Uchburchak uchala tomonlarga quyilgan figurativ nuqtalar ikki komponentli sistema tarkibini ko`rsatadi. Uchburchakning ichidagi nuqtalar esa uch komponentli sistema tarkibini ko`rsatadi. Uchlik aralashmalarni tarkibini Gibbs usulida ifodalashda uchburchak balandligi 100% deb qabul qilinadi. A=Mk%, V=Mm%, S=Mn%; Mk+Mm+Mn=100% (8-rasm).
Agarda teng tomonli uchburchakning uchala balandligini 100 bo`lakka bo`lib, bu nuqtalardan uchburchak tomonlariga parallel chiziqlar o`tkazilsa, uchburchak yuzasi o`lchov katakchalariga bo`linib qoladi.
Uchburchakning biror uchidan uning qarshisida tomonga tushirilgan chiziq bo`ylab joylashgan figurativ nuqtalarda ikki komponentning nisbiy miqdori bir xil, uchinchi komponentning nisbiy miqdori esa har xil bo`ladi. Masalan: N, L nuqtada va SN SL bo`ylab A/V nisbati bir xil, S miqdori har xil bo`ladi, masalan SN 70/30 ; SL 50/50. Moddaning miqdori uchun qarshisidagi tomondan boshlab hisoblanadi. Xuddi shunday A,V moddalari ham shu hilda o`zgaradi. Masalan S1 va S2 chizig`ining hamma nuqtalarda S-20%, S3 S4 bo`ylab 80% ga teng bo`ladi. V1 V2 chizig`ida V ning miqdori 90% ga teng va hokazo.
Rasm 8. Uchlik sistemalarni tarkibini ifodalash.
Uchburchak ichida joylashgan figurativ nuqta tarkibini ifodalashda quyidagiga asoslanadi. Uchburchak ichida joylashgan figurativ nuqtadan tomonlarga tushirilgan perpendikulyar yig`indisi uchburchak balandligiga teng (Gibbs metodi). Masalan sistema tarkibidaA-40%, V-30% va S-30% bo`lsin. Bu tarkibni ko`rsatuvchi figurativ nuqta quyidagicha topiladi (8 rasm). AA1 chizig`ida A-40% ni ko`rsatgan nuqtadan SV chizig`iga parallel chiziq o`tkaziladi bu chiziq bo`ylab A-40% bo`ladi.VV1 chizig`idan, V-30% ni ko`rsatgan nuqtadan AS chizig`iga parallel chiziq o`tkazamiz, bu chiziq 30% S qo`rsatgan nuqtadan AV chizig`iga parallel chiziq o`tkazamiz bu chiziq bo`ylab 30% bo`ladi. Bu parallel chiziqlar bir nuqtada R da uchrashadi. Demak R yuqoridagi tarkibni ko`rsatgan figurativ nuqtadir. Agarda R nuqta berilgan bo`lib, bu nuqta qanday tarkibga ega ekanligini bilish kerak bo`lsa, yuqoridagi ishlarning aksi qilinadi. Bu nuqtadan uchburchak balandliklariga tik chiziq tushiriladi va bu tik chiziqlarning balandliklar bilan uchrashgan nuqtasi komponentlarning protsent miqdorini ko`rsatadi. Masalan, sistema tarkibi M nuqta bilan ifodalangan, komponentlarning miqdori: A- Mk% V-Mm% va S-Mp%, Mk+Mm+Mn=100%. (rasm 8 b).
Rozebom usuli teng tomonli uchburchakning ichidagi har qanday nuqtadan uchburchak tomonlariga chizilgan parallel chiziqlar uzunliklari yig`indisi uchburchak tomonining uzunligiga teng. Masalan , sistema tarkibi M nuqta bilan ifodalansa (rasm 8 v). Sistema tarkibini bilish uchun M nuqtadan AV va AS tomonlarga parallel ravishda chiziqlar tortiladi: AS tomondan ko`rinib turibdiki m1 nuqtada C-10%, AV tomondagi n1 yoki AS tomondagi m nuqtada A-20%.Demak, V-70% dir, ya`ni Mk kesim A- komponent miqdorini aniqlaydi (Mm-V, Mn-S). Mk, Mm va Mn kesimlarga teng bo`lgan Mk1, Mm1va Mn1 kesimlarni ham olish mumkin. Agarda M aralashmadagi A komponent miqdorini SA tomondan hisoblasak, V ni AV tomondan, Sni – VS tomondan hisoblanadi.
M nuqtadagi aralashma tarkibi 20% A, 50% V va 30% S.
Rasm.9. Aralashma tarkibini hisoblash usuli.
|
Rasm10. Uchlik sistema politermasi.
|
Agar ma`lum tarkibli sistema figurativ nuqtasini topish kerak bo`lsa, uchburchak tomondan, AS dan A modda, AV tomondan V modda miqdorini ko`rsatgan nuqtadan uchburchakning qolgan tomonlariga parallel chiziqlar tortiladi, bu chiziqlarning uchrashgan nuqtasi izlanayotgan figurativ nuqta bo`ladi.
Agarda M tarkibli sistema, S va T tarkibli ikki fazaga ajralsa, bu uchala sistemaning figurativ nuqtalari bir to`g`ri chiziqda yotadi.
Uchburakli diagrammani 2 ta muhim xossasi:
uchburchakni biror uchidan uning qarshisidagi tomonga tushirilgan nurdagi figurativ nuqtalarda, uchburchakni qolgan ikki burchagidagi moddalarga mos keluvchi kontsentratsiyalar nisbati bir xil.
Uchburchak ichidan, uning biror tomoniga o`tkazilgan paralleldagi figurativ nuqtalarda uni qarshisida yotgan burchakka mos keluvchi modda miqdori bir xil bo`ladi.
Agar K figurativ nuqta bilan xarakterlangan sistema V va D tarkibli ikki fazaga ajralsa, bu uchala figurativ nuqtalar (K, V, D) bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bu sistemalarga richag qoidasini qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |