4-MAVZU
UCh KOMPONENTLI SISTEMALAR
Reja:
1.Uch komponentli sistemalar holatini uch burchak yordamida ifodalash
2. Uch komponentli sistemalar politermasi
Suv va bir xil ionli ikki tuzdan iborat uch komponentli sistema holatini aniqlovchi erkin parametrlar soni 4 ga teng: ikki kontsentratsiya, harorat, bug` bosmi. Fazalar qoidasiga asosan uchlik sistema bir vaqtda mavjud bo`la oladigan maksimal fazalar soni beshta (F=K+2-S, K=3 va S=O sistemani invariant holatida F=5). Chunki suvli sistemada (invariant) bitta faza har doim bug`, agarda suyuq faza mavjud bo`lsa qattiq fazada uchtadan ortiq faza bo`lmaydi.
Uch komponentli sistemalarni holatini to`rtta parametr orqali ifodalash uchun to`rt o`lchamli diagramma ko`rish zarur edi. Amaliyotda bug` bosimini aks ettiradigan uch o`lchamli diagrammalar qurish bilan chegaralanadi, va asosan haroratni ham ifodalamaydigan (izotermik) ikki ulchamli tekis diagrammalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |