O`zbek leksikografiyasi (lug`atshunosligi)
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi
leksikografiya
deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar
muayyan
mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan
lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida
«Abushqa» lug`ati yaratilgan.Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar.
Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab
chiqarishga xos tushunchalar,
borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.
«O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik
entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi.
So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb
yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi.
Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida
izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek
tilining
morfem lug`ati», «O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim
so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek
tilining frazeologik
lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2
jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma
ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi.
Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at
tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima
qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha,
ruscha-
o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi
lug`atlar kiradi.
Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan
ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. Chunki, ko`p tilli
lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini
o`zida aks ettiradi. Lug`atlar
muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati,
so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash,
savodxonlikka
erishishning asosidir.