v, z, l, g tovushlari bilan boshlanadigan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar hisoblanadi: lab, zar, gul, lola;
f, h,’ (tutuq belgisi) ishtirok etgan so‘zlar o‘zlashgan qatlamga mansub: bahor, fikr;
Bir bo‘g‘in takibida undoshlarning qator kelishi o‘zlashgan qatlamga xos: g‘isht, go‘sht.
Qo‘sh, qator unlilar yonma - yon kelgan so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardir: soat, muallim, inshoot.
Unli bilan tugaydigan so‘zlar ko‘pincha fors - tojikcha so‘zlar hisoblanadi: dono, fazo, samo,mangu.
-xo‘r, -noma, -do‘z, -xon, -noma, -shunos, -boz, -bon, -dor, no-, ser-
qo‘shimchalari fors-tojikchadir.
Topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing. O‘z va o‘zlashgan qatlam so‘zlarini ajrating, qaysi tilga oidligini ayting.
Qadimiy yodgorliklarga bo‘lgan qiziqish ko‘hna o‘tmishga nisbatan shunchaki havas yoki ermak emas, balki, bu har birimizdagi oddiy insoniy tuyg‘u –Vatanga mehr tuyg‘usi bilan izohlanadi. Biz qadimiy obidalarni birinchi navbatda inson dahosi xalq tafakkuri qudratining namunasi sifatida qabul qilamiz. Olis asrlar qaʼridan bizgacha yetib kelgan har bir mo‘jiza – xoh meʼmorchilik, xoh musiqa, xoh adabiyot namunasi bo‘lsin, barchasini inson dili va inson qo‘li yaratgan. Shu sababdan ham ular xalq hayoti va ijodining ko‘zdan yashirin botiniy qatlamlarini ochib beruvchi tarixiy shahodatnomalardir.
Topshiriq. Eskirgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering, qaysi qatlamga oidligini ayting.
Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muhaddislar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko‘rardi. Uning saroyiga ana shu ilmlarning juda ko‘p namoyandalari to‘plangan edi. Tarix kitoblari tufayli ko‘plarining nomi saqlanib qolgan. (B. Ahmedov)
”Sarq durdonasi” deb e’tirof etilgan shahar qaysi javobda berilgan?
a) Toshkent b) Buxoro s) Samarqand d) Xiva
Samarqand shahri qachon YUNESKOning ro‘yxatiga kirdi? a) 2001-yil b) 2002-yil s) 2006-yil d) 2008-yil
”Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’rida shoirning Vataniga bo‘lgan muhabbati sababi nimada ekan?
a) tuprog‘ida b) paxtasida s) boyliklarida d) xalqida
Qator undoshlarning kelishi qaysi tildan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi?
a) arab tilidan b) fors tilidan s) turk tilidan d) rus tilidan
Maorif, muallim, muammo, saodat so‘zlari qaysi tildan o‘zlashgan?
a) arab tilidan b) fors tilidan s) turk tilidan d) rus tilidan
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O‘zbekistonda istiqlol davrida ma’naviy merosimizni tiklash borasida qanday ishlar qilindi?
Buyuk sohibqiron Amir Temur shaxsini o‘rgangan olimlardan kimlarni bilasiz?
O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini ziyorat qilganmisiz? Taassurotlaringiz haqida so‘zlab bering.
O‘z va o‘zlashgan qatlamning o‘ziga xos jihatlari haqida gapiring.
O‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga misollar keltiring.
Uyga vazifa. “Qadimiy shaharlarga ziyorat” mavzusida dialog tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |