4-mavzu: ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishda pedagogik diognostikaning tutgan o’rni



Download 24,61 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi24,61 Kb.
#834477
Bog'liq
4-mavzu


4-mavzu: TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISHDA PEDAGOGIK DIOGNOSTIKANING TUTGAN O’RNI
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda dialektika ta’limotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamning anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig‘indisiga bog‘liqdir. Biroq ehtiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama–qarshiliklarga ega bo‘lgan jarayondir. Odatda ehtiyojlar paydo bo‘lishi bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo‘lishi, bilimlar, ko‘nikmalar va shu kabilar
zarurdir. Shaxs taraqqiyotida irsiyat va muhitning rolini to‘la inkor qilib bo‘lmaydi, balki har kkisining ham ma’lum darajada o‘z o‘rni bor. Lekin shaxs taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim–tarbiya bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya’ni kanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga, xarakter-sifatlarga ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, ko‘nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‘la olishini hisobga olish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya insonning kamolga yetishida yetakchi omildir. Chunki: a) ta’lim va tarbiya jarayonida, kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalarni o‘rganib olish mumkin. Masalan, savod chiqarish.
b) ta’lim-tarbiya yordami bilan bolalarning ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerak
tomonini o‘zgartirish mumkin. Masalan, ko‘r, soqov, kar.
v) ta’lim-tarbiya yordamida salbiy ta’sir natijasida yuz bergan kamchiliklarni tugatish mumkin. Masalan, qo‘pollik, so‘kish.
g) ta’lim va tarbiya o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yadi va komil inson tarbiyasin rivojlantirishni ko‘zlaydi.
d) ta’lim jarayonida bola bilimlar ko‘nikma va malakalarini hosil qilibgina qolmay, o‘zi ham kamolga yetishib boradi, bilim darajasini ongli ravishda oshiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.
Bolalar psixologiyasi bolalar psixologiyasining taraqqiyotiga faol faoliyati rolini hisobga oladi. Chunki, bola tarbiyaning faqat passiv ob’ektigina emas, balki o‘z faoliyatlari bilan ham o‘ziga, ya’ni o‘zining psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qilib turadigan mavjudotlar. Tarbiya bolaning faol faoliyatlarini har doim to‘g‘ri tashkil qilib, yo‘lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatning xar-xil turlarida (o‘yin, mehnat, o‘qish) nomoyon bo‘lib mustahkamlana boradi. Chunonchi, bola psixikasi o‘yin, o‘qish o‘rganish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o‘sishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. M: bog‘chagacha va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yindir. Chunki, o‘yin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola o‘yin orqali atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni bilib ola boshlaydi. O‘yin to‘g‘risida Gorkiy «O‘yin bolalar yashayotgan o‘zgartirishi lozim bo‘lgan dunyoni bilish yo‘lidir» deb aytadi.
Shaxs ontogenez taraqqiyotida bir nechta yosh davrlari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri.
2. Kichik maktab yoshi davri.
3. O‘smirlik yoshi davri.
4. O‘spirinlik yosh davri.
5. Yoshlik davri.
6. Kattalik yosh davri.
Download 24,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish