59
2.
Pedagogik, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish.
3.
Ta’lim jarayonini mazmunan himoya qilish.
4.
Ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy ishlar.
5.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar.
6.
Ta’lim tizimini boshqarish.
7.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish.
8.
Ta’lim tizimini moliyalash.
9.
Moddiy-texnika ta’minoti.
10.
Ta’lim tizimining yaxlit axborot maydonini vujudga keltirish.
11.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish.
12.
Ta’lim sohasidagi ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
13.
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish.
14.
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish.
15.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasining xalqaro hamkorligi.
Ta’lim muassasasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga
muvofiq uning rahbari
boshqaradi. Maktabni direktor boshqaradi.
Pedagogik kengash maktab direktori qoshidagi maslahat organi bo‘lib, maktabning
o‘quv-tarbiya ishlarini muhokama qilish uchun tuziladi. Pedagoglar kengashi
maktab rahbarlarining maktab oldida turgan vazifalarini amalga oshirishga yordam
beradigan tashkilotdir.
Pedagoglar kengashi maktabda mustahkam birikkan pedagoglar jamoasini
yaratishga,
maktab ishida yagona bir uslub, bir xil ta’lim tarbiyaviy talablarni
ishlab chiqishga yordam beradi.
Pedagoglar kengashi o‘z ishini maktab direktori rahbarligida kasaba uyushmasi,
ota-onalar qo‘mitasi bilan birga olib boradi.
Pedagoglar
kengashiga maktab direktori, o‘quv, ma’naviyat va ma’rifat ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiyachilar, barcha o‘qituvchilar,
kutubxonachi,
60
maktab vrachi, «Kamolot» yoshlar tashkilotining rahbari va ota-onalar
qo‘mitasining raisi a’zo bo‘lib kiradi.
Pedagoglar kengashining kotibligiga o‘qituvchilardan biri butun o‘quv yiliga
saylab qo‘yiladi.
Kengash majlislari direktor tomonidan har oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Zarur bo‘lganda direktor pedagogik kengashning navbatdan
tashqari majlisini
chaqirishga haqlidir. Pedagogik kengashning qarori pedagogik kengash
a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgandagina qonuniy hisoblanadi. Ovozlar
teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Pedagogik kengash a’zolarining huquq va vazifalari. Pedagogik
kengashning
hamma a’zolari hal qiluvchi ovozga egadirlar. Har bir kengash a’zosi maktabning
ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga qaratilgan masalalarni o‘z tashabbusi bilan
pedagogik kengash muhokamasiga qo‘ya oladi. Pedagogik kengash qarori direktor
tomonidan tasdiqlanadi va u hamma a’zolar uchun majburiydir.
Pedagogik kengash O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi nizomiga muvofiq
maktabning faoliyatiga taalluqli juda ko‘plab muhim masalalar bilan shug‘ullanadi.
Pedagogik kengashning ishi bir yilga yoki yarim yilga mo‘ljallab rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: