56
4-MAVZU. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTIDA TASHKIL ETISH
VAZIFASI. TA’LIM MUASSASASI ICHKI NAZORATI
Mavzu rejasi:
1.
O‘quv-pedagogik hujjatlar
2.
Maktabning ish yuritish qog‘ozlari
3.
Ta’lim muassasalari ishlarini rejalashtirish
1.O‘quv-pedagogik hujjatlar
Uzluksiz ta’limning faoliyat olib borishi davlat standartlari asosida turli
darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. Umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlikning amalga oshirilishi
ko‘p jihatdan ushbu ta’lim muassasalaridagi hujjatlarni to‘g‘ri yuritishga, dastlabki
axborotlarni o‘z vaqtida hisobga olish, ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishi hamda
takomillashish prinsiplariga rioya qilinishiga bog‘liq.
Maktabning o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishi,
uning faoliyati
natijalari o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda xo‘jalik tadbirlarini amalga
oshirish bilan, o‘quv pedagogik ishlar hisobini yuritishga maktab ishlarini
boshqarishni tashkil etishga, dastlabki buxgalteriya hisobini ta’minlashga doir
statistik ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus hujjatlarda aks ettiriladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining asosiy
ko‘pchiligiga markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmat ko‘rsatadi. Bu
buxgalteriyalar Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmalari va uslubiy yo‘l-yo‘riqlari
hamda maxsus idoralarning ko‘rsatmalarida belgilangan shakllar va qaydlar
bo‘yicha xarajatlar tarkibini hisobga olib boradilar.
Turli hujjatlar uchun har xil saqlash muddatlari belgilangan. Saqlash
muddatini ko‘rsatish qulay bo‘lishi uchun qisqartmalar joriy etilgan. DS-doimiy
saqlashga, VS-3 vaqtincha saqlashga. Saqlash muddati 3 yil va h.
Maktab hujjatlari o‘z vaqtida, aniq, tushunarli
qilib rasmiylashtirilishi, ularda
keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonchsizlik tug‘diradigan dog‘ va
57
bo‘yoqlar bo‘lmasligi kerak. Hujjatlardagi yozuvlar siyoh yoki yozuv mashinasida
yoziladi. Hujjatdagi tekstda yoki raqam ma’lumotlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar
quyidagicha tuzatiladi: xato yozilgan so‘z yoki raqam o‘qish mumkin bo‘ladigan
tarzda chizilib o‘chiriladi, ustiga esa to‘g‘ri ma’lumotlar yoziladi. Barcha kiritilgan
tuzatishlar kelishilgan va hujjatni rasmiylashtirgan shaxslar tomonidan imzo bilan
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning yaxshi rasmiylashtirganligi
uchun
hujjatga
imzo
chekkan
mansabdorlar
javob
beradilar.
1. Maktabning o‘quv-pedagogik hujjatlariga: o‘quvchilarni ro‘yxatga
olish
alfavit daftari, o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, fakultativ
mashg‘ulotlar
jurnallari va boshqa jurnallar, o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi
blankalarni va beriladigan attestatlarni hisobga
olish daftari, «A’lo darajadagi
muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun» beriladigan maqtov qog‘ozlarnni
hisobga olish daftari, pedagoglar kengashining
bayonnomalari daftari, maktab
bo‘yicha buyruqlar daftari, maktabning pedagog xodimlari shaxsiy tarkibini
hisobga olish daftari, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘tgan darslarni hisobga
olish jurnallari kiradi.
2.O‘quvchilarni hisobga olish daftari (DS)ga maktabning barcha
o‘kuvchilari yoziladi. Bu daftarga har yilgi yangi qabul qilingan o‘quvchilar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib boriladi. O‘quvchilar qaysi sinfda o‘qishlaridan
qat’i nazar ro‘yxatga alfavit tartibida yozib boriladi. Alfavitning har bir harfi uchun
alohida varaqlar ajratiladi va har qaysi harf yuzasidan o‘z
tartib nomeri olib
boriladi. O‘quvchining maktabdan ketishi direktor buyrug‘i bilan ketish sababi
ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Agar oldin maktabdan ketgan va ketishi
buyruq bilan rasmiylashtirilgan o‘quvchi maktabga yana qaytib kelsa, u
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktabga yangi kelgan o‘quvchi kabi yoziladi.
«Maktabga kirgan vaqti» grafasida esa o‘quvchining maktabga qaytib kelgan vaqti
ko‘rsatilib, «qaytib keldi» deb yoziladi. O‘quvchilarning shaxsiy delosi (VS-3) har
bir maktabda har qaysi o‘quvchi uchun uning maktabga kelgan
vaqtidan boshlab
maktabni bitirib chiqqaniga qadar olib boriladi.