4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja


“Xavf guruhi”dagi bolalarga yordamni tashkil qilish



Download 42,43 Kb.
bet15/16
Sana16.03.2022
Hajmi42,43 Kb.
#496126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3. “Xavf guruhi”dagi bolalarga yordamni tashkil qilish.
Pedagogik yordam tashkil qilish:
-bola shaxsining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish;
-bilim, malaka, koʻnikmalarini doimiy kuzatish, qoʻshimcha mashgʻulotlar, yordamlar va masalahatlarni aniqlash;
-“Men” – ijobiy konsepsiyasini tashkil qilish. Omad, ragʻbat, madad, xayrixohlik muhitini tashkil qilish. Oʻquvchilar faoliyati, muvaffaqiyatlari natijalarini tahlil qilish. Ijobiy oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish. Avtoritar pedagogikadan hamkorlik va gʻamxoʻrlik pedagogikasiga oʻtish;
–ota-onalarga pedagogik yordam koʻrsatish.
Tibbiy yordam koʻrsatish:
-bolalar shifokorlarining maktab oʻquvchilarini muntazam ravishda normal xulq-atvor, psixofiziologik, nevrogen xarakterdagi nuqsonlarni diagnostika qilish maqsadida dispanser koʻrigidan oʻtkazib turishi;
-oʻsmirlarni jinsiy identifikatsiya muammolarini hal qilish boʻyicha bilim berish.
Psixologik yordam tashkil qilish:
-oʻsmirlarning psixologik oʻziga xosliklarini, hayot va tarbiyasi, oʻqishga munosabati, kasbiy yoʻnalganlik, emotsional rivojlanish xususiyatlarini oʻrganish;
-oilaviy tarbiya muammolarining yuzaga chiqishi, ularni hal qilishda bolaga yordam berish maqsadida psixologik maslahatlar berish;
-xavf guruhidagi bolalar, oʻsmirlar va ularning oilalarini oʻz joniga qasd qilishdan ogohlantirish, individual va guruhiy psixologik korreksiya qilish maqsadida kuzatish;
-tanlangan profilaktika va psixokorreksiya vositalari samaradorligi tahlili.
Ijodiy mashgʻullik va bandlikni tashkil qilish:
-bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini oʻrganib, jamoaviy foydali faoliyat, seksiya, toʻgaraklarga jalb etish;
-oilasi tomonidan yetarli gʻamxoʻrlik va nazorat boʻlmagan bolalar uchun mavsumiy sogʻlomlashtirishda maktab oromgohlari va kuni uzaytirilgan guruhlarni tashkil qilish.



  1. Suitsidal oʻrganishlar sodir etgan bolalar bilan psixologik maslahat ishlari.

Suitsidal niyatli odamlar yordamdan qochmaydilar, balki aksi, maslahatga va yordamga intiladilar. Suitsidni sodir etganlardan deyarli 70% bir oy oldin vrachlar bilan maslahatlashadilar, 40%-qilmishni sodir etishning oxirgi haftasida; 30% u yoki bu koʻrinishda oʻzlarining niyatlari haqida atrofdagilarni ogohlantiradilar.
Chunki ular yashash yoki oʻlim hoxishi oʻrtasida ikkilanadilar. Mutaxassisga murojaat qilish esa ambivalentligi va boshqa bir yoʻlni topish umidi borligi haqida gapiradi.
Koʻp xollarda "hayot yoki oʻlim"ning imkoniyatlari shu qadar tengki, agar suitsidning yaqinlari shunday vaqtda gʻamxoʻrlik, mehr va iliqlikni namoyish etsalar, u holda hayot gʻalaba qiladi.
Suitsidga moyillik shaxs tipologiyasiga qarab ajratiladi. Tadqiqotlarda maʼlum boʻlishicha suitsidentlarning 36% — isteroidlar, 33% — infantil emotsional mobil shaxslar, 13% — asteniklardir.
Suitsidal mijoz konsultantga murojaat qilganda uning birinchi vazifasi "vaqtni choʻzish" va xavfli davrni tugashini kutishdir. Agar suitsident terapevtik jarayonga toʻliq jalb etilsa, konsultant uni qayerga boshlayotgani haqida xohish paydo boʻladi va u suitsidal niyatlarini bajarishni orqaga surib turishi mumkin. Shuning uchun suitsidentda terapiyaga qiziqishni uygʻotish va uni qoʻllab-quvvatlab turish kerak. Bunda terapiyani uzluksizligini taʼminlash kerak. Mijoz terapiyaning ikkinchi sessiyasiga kelishini taʼminlash uchun suitsidentda qandaydir savol uygʻotish va unga javobni quyidagi tarzda uzatish lozim: "Siz juda qiziq mavzuga eʼtibor qaratdingiz. Bunga menda qandaydir tasavvur mavjud, lekin bu haqida man keyingi sessiyada sizga gapirib beraman. Siz ham bu haqida nima oʻylashingizni qisqacha yozishingiz mumkin".
Terapevt oldida birinchi navbatda empatik aloqa oʻrnatish maqsadi turadi. Yaʼni uni tinglayotganda baholamaslik va ichidagini aytib olguncha uni qoʻllab turish; shuning uchun terapevt zarur boʻlgan barcha savollarni bermaydi, olingan informatsiya toʻliq emas.
Suitsident qay darajada konsultant bilan hamkorlik qilishini, boshqacha aytganda inqirozda "oʻz hayoti uchun kurashini" aniqlash kerak.
Agar konsultant depressiv suitsident bilan ish olib borayotganini aniqlasa, unda mijozga psixiatr yordamini taklif qilish kerak. Bu unga rad qilish emas, balki konsultant qoʻlidan kelgan barcha yordamni berishga, suitsident yashab qolishi uchun hamma imkoniyatlarni qilayotganini bildiradi.Suitsident bilan birgalikda aniq harakat rejalarini ishlab chiqish lozim va bu birinchi vazifalardandir. Ayniqsa inson yaqin soatlar va kun davomida nimalar bilan mashgʻul boʻlishini, kim bilan qayerda vaqtini oʻtkazishini gaplashib olish muhim.
Terapiyaning keyingi metod va yoʻnalishi mijozning suitsidal xulqi asosida qanday motivlar yotganiga bogʻliq.
Depressiv suitsidentlar koʻpincha oʻzlarining suitsidal hoxishlarini ikki xil motivlarda asoslaydilar. Birinchisi oʻz joniga qasd qilish orqali qiynalishlarga yakun yasamoqchi boʻlsalar, boshqalari bu qadamni atrofdagilardan oʻz istaklariga erishish umidida tashlaganlarini aytadilar.
Kimdir shu yoʻl bilan oʻz sevgisini, yaqin insonini qaytarmoqchi boʻlsa, kimdir yaqinlariga ularning yordamiga muhtojligini bildiradi, boshqalar esa chidab boʻlmas sharoitdan chiqib ketish uchun shifoxonaga tushushni xoxlaydilar. Lekin koʻpincha ikkita motiv bir vaqtda kuzatiladi: hayotdan qochish va manipulyativ intilishlar motivi.
Oʻz joniga qasd qilgandan keyin tirik qolganlarga konsultatsiya berish.
Nima qilish kerak?

  1. Mehribon va qabul qiluvchi boʻlish;

  2. Qaygʻuli xodisani muhokamasiga bir necha bor qaytish imkonini berish;

  3. Qaygʻu tabiiy hol ekanini taʼkidlash;

  4. Shaxsni qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar haqida maʼlumot berish, masalan, oʻz-oʻziga yordam guruhlari.

Nima qilish mumkin emas?

  1. Bajara olmaydigan iltimoslarni qabul qilish;

  2. Roʻyobga chiqaza olmaydigan vaʼdalar berish;

  3. "Sizda yana farzand bormi?";

"Bu xudoni xohishi edi";



Download 42,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish